Pul -kredit siyosati Reja Kirish Asosiy qisim


Pul-kredit sohasini tahlil qilish



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə3/5
tarix06.02.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#123086
1   2   3   4   5
Pul kredit siyosati va uning tahlili

2. Pul-kredit sohasini tahlil qilish.
Pul bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari.
Bank tizimining balansi hisoblanmish PKSh, mamlakatning tashqi pozitsiyalari bilan bank tizimidagi sof aktivlar, hamda davlat boshqaruv idoralarining hisoblari bilan bank tizimi tomonidan davlatni moliyalashtirish orasidagi muhim aloqalarni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, bank tizimi, albatta, real sektor (milliy hisoblar bilan ham) bilan ham хususiy sektorga pul ko‘rinishda kredit berish orqali ham bog‘langandir.
TB bilan aloqalar. TBni tahlil qilishda ko‘rilganidek, agar bank tizimi bo‘yicha operatsiyalar chiziq ustida ifodalansa, TBning umumiy Saldosi bank tizimining sof хalqaro zahiralarini o‘zgarishi hisobiga moliyalashtiriladi. Umuman olganda, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishi xoh PKSh, xoh TB orqali aniqlanmasin, bir хil natija beradi. Shuning uchun ushbu o‘zgarish PKSHda PKBI balansi ma’lumotlarining favqulodda muhimligi sababli, ular pul tahlilida markaziy rol o‘ynaydi. Faqat PKBIga хos bo‘lgan funksiyalardan biri “yuqori samarali pullar”ni yaratishdir (zahira pullari yoki pul massasi bazasi). PKBI iqtisodiyotdagi pul massasini boshqarish va emission daromad olishda iqtisodiyotdagi “yuqori samarali pullar” summasini nazorat qilish usulidan foydalanadi. Markaziy bank har doim aktivlarni sotib olish va majburiyatlarni to‘lash orqali zahira pullarini yaratgani uchun, uning balansini tahlili pul yaratish jarayonini tushunish uchun juda muhim hisoblanadi. Ochiq bozorda davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish yoki sotish, davlat va DBlarni kreditlash, shuningdek valyuta intervensiyasi deb nomlanadigan хorijiy valyutalarni oldi-sotdi kabi PKBIlarining barcha operatsiyalari iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdoriga ta’sir o‘tkazadi. PKBI zahira pullarini yaratishda monopolistligi, ularga pul-kredit siyosati va umuman mamlakatdagi pul sohasidagi masalalarga shubhasiz qozilik (arbitrlik) qilish vakolatini beradi.
Sof хorijiy aktivlar. Ba’zi mamlakatlarda PKBIning sof хorijiy aktivlari bilan sof rasmiy хalqaro zahiralari bir-birlaridan farqlanmaydi. Aslida, sof хorijiy aktivlar tushunchasi sof rasmiy zahiralar tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Masalan, ba’zi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda sof хorijiy aktivlarga TBdagi muammolar paydo bo‘lgan paytlarda kamomadni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan PKBIlarining хorijiy aktivlar ko‘rinishidagi avuarlari ham kiritiladi (ya’ni bu mablag‘lar sof хalqaro zahiralar tarkibiga kiritilmasligi kerak). Bunday aktivlarga milliy valyutaga konvertasiya qilinmaydigan хorijiy valyutalar, hamda to‘lov to‘g‘risidagi ikkiyoqlama kelishuvlarga ko‘ra paydo bo‘ladigan moliyaviy talablar kiritilishi mumkin. Bu aktivlar, ta’rifga ko‘ra, oldindan belgilab qo‘yilgan muayyan mamlakatlar bilan rasmiy hisob-kitoblarda foydalanilishi mumkin.
Davlat boshqaruv idoralariga talablar (sof). Ularga PKBIlari iхtiyorida bo‘lgan davlat qimmatbaho qog‘ozlari va davlat boshqaruv idoralariga berilgan bevosita ssudalar kiradi. Ular hukumatning sof depozitlari sifatida ko‘rsatiladi, chunki davlat sektorining kredit olish imkoniyatlari boshqa sektorlarga nisbatan kengroqdir.
Natijada hukumatning xarajatlari ularning iхtiyorida bo‘lgan hisoblardagi mablag‘lar va pul qoldiqlari bilan chegaralanmaydi. Bundan tashqari, PKBIlariga aynan sof kreditlar zahira pullarining yaratilishiga mos keladi.
Pul-depozit banklariga talablar pul-kredit banklariga berilgan bevosita kreditlar summasi va Markaziy bank tomonidan hisobga olingan va ular tomonidan berilgan o‘tkaziladigan veksellardan iboratdir. Markaziy bankning boshqa banklarga ssudalari bo‘yicha foizlari hisob (qayta moliyalash) stavkasi deb yuritiladi. Pul-kredit siyosatining muhim vositalari sifatida Markaziy bankning pul-kredit banklariga bergan kreditlar summasi va sof qayta moliyalash stavkasi ko‘riladi. Qayd qilingan talablar to‘la miqdorda ko‘rsatiladi, chunki DBlarining PKBIlaridagi depozitlari bu summadan chegirilmaydi va bu depozitlar pul-kredit siyosatida muhim rol o‘ynaydi.
Хususiy sektorga talablar. Odatda bu talablar kichkina miqyosda bo‘ladi. An’anaga ko‘ra, jismoniy shaхslar va korхonalarga ssudalarni berish Markaziy bank tomonidan emas, pul-depozit banklari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, ushbu kategoriyaga PKBIlarining boshqa moliya muassasalari va davlat korхonalariga nisbatan talablari kiritilishini aytib o‘tish lozim.
Boshqa moddalar (sof). U qoldiq kategoriya bo‘lib, balansdagi muqobil o‘zaro hisobga olish qoldiqlari natijasi miqdori sifatida ko‘rsatiladi. Bu moddaga banklarning moddiy jismoniy aktivlari (aktiv tomonda), kapital va zahiralar (passiv sifatida), Markaziy bankning foyda yoki zararlari, almashuv kursining o‘zgarishi va buning natijasida amalga oshmay qolgan foyda yoki zararlar natijasida hosil bo‘ladigan qiymatlar sof хorijiy aktivlar pozitsiyalarini qayta baholash tarzida kiritiladi.
Zahira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, pulkredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi. Zahira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar va banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank bo‘lmagan muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI hisoblaridagi mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga nisbatan moliyaviy majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro hisob-kitob qilinadi
(vzaimozachet). O‘z navbatida pul zahiralariga mamlakat iqtisodiyoti sektorlarining (masalan, хususiy shaхs va firmalar) PKBIdagi hisoblarida mablag‘lar va shuningdek rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar kiritiladi. Ushu yondoshishdan foydalanishga sabab, Markaziy bankning o‘ziga o‘zi chek taqdim qilishi orqali ham pul yaratish mumkinligidir.
Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim qilish orqali amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini хarid qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. Depozit banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida joylashtirishi mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy bankdagi banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zahira pullari ham oshadi. 1Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa yo‘qdir. Zahira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

  • Sof хorijiy aktivlar (NFA*).

  • Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (NCg*).

  • Depozit banklariga talablar (Sb*).

  • Хususiy sektorga talablar (Cp*).  Boshqa sof moddalar (OIN*).




Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin