Pul bozori. Pul bozorida muvozanat. I kirish I bob pul bozori



Yüklə 411,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix22.05.2023
ölçüsü411,88 Kb.
#127391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Pul bozori Pul bozorida muvozanat I kirish I bob pul bozori

Ms = S+D. 
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chikarishda monopol xukukka 
ega.. Uni amalga oshirish xukuki nisbatan mustakil muassasa Markaziy bank 
ixtiyorida. “ Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi xududida konuniy to`lov 
vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga 
chikarish mutlak xukukiga ega”
*
. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki 
pul yaratish kobiliyatiga tijorat banklari xam ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov 
vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A 
bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zaxira normasi 20 % ga teng 
bo`lganda (zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum kismini 
Markaziy bankda saklab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zaxiralab, 
kolgan 1600 so`mni karzga beradi. SHunday kilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga 
ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. YA`ni, 
omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashkari yana 1600 so`m karz 
oluvchilar ko`lida koladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) 
unda 20 % ga teng bo`lgan zaxira normasida u 320 so`mni zaxirada koldirib, 1280 
so`mni kreditga beradi xamda shu mikdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning 
bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga kadar davom etadi. YAkuniy xisob 
*
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий 
Банки тўғрисида”ги Қонуни, 1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк 
тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжат-
лари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 18-.б. 


11 
kitob bank depozitlari jami 10000 schkmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu 
jarayonni formula ko`rinishida kuyidagicha yozishimiz mumkin: 
M = (1/ rr ) x D 
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ; 
D - dastlabki depozit. 
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/ rr koeffitsentiga 
boglik bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb 
ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortikcha zaxiralarning bir pul birligi bilan 
yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p mikdorini bildiradi. 
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli 
xamda pulning bir kismini depozitlardan nakd pullarga okib o`tishni xisobga olgan 
xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan 
tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar 
summasi; 
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak, 

Yüklə 411,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin