Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi


Inflyatsion kutilmalar kanali



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix26.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#135604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Inflyatsion kutilmalar kanali
pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim bo‘lgan asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o‘zgarish ehtimolini ham inobatga
olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o‘rnatishlari va kelajakda ish haqi
o‘zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.
Shu o‘rinda, mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va tashkilotlar tomonidan maxsulot va xizmatlar narxlarini shakllantirilishida namoyon bo‘ladi.
Bunda, kelajakda inflyatsiya darajasining oshishini kutayotgan korxona va tashkilotlar narxlarni oshiradi, bu esa joriy inflyatsiya darajasining o‘sishiga olib
keladi.
Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali yuqorida keltirilgan to‘rtta kanallarning barchasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, pul bozoridagi foiz stavkalari
dinamikasining shakllanishi ko‘p jihatdan kelajakda kutilayotgan stavkalar darajasiga bog‘liqdir.
Shuningdek, umumiy depozit va kreditlar tarkibida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi hamda xufyona iqtisodiyotning
mavjudligi kabi omillar iqtisodiyotni kreditlash hajmiga ta’sir ko‘rsatishga asoslangan pul-kredit siyosatining samaradorligini sezilarli darajada
pasaytirmoqda.


20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
11/18
Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi jamiyatda inflyatsiyani markaziy bank
tomonidan to‘la nazoratga olish borasidagi shubhalarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug‘dirishi mumkin.
O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va
kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish Markaziy bankning kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga jamoatchilik ishonchini oshirish va shu asnoda
ijobiy inflyatsion kutilmalar shakllanishiga erishishni talab etadi.
Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kelajakda narxlar o‘zgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish, shuningdek, mazkur
kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni atroflicha o‘rganish maqsadida 2018 yildan boshlab Markaziy bank tomonidan
iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o‘rganish yuzasidan kuzatuvlar va so‘rovlar olib borish amaliyoti joriy qilindi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o‘rganish, tahlil qilish va ularni modellashtirish salohiyatini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin