20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
16/18
V. Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi
Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatmoqda.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda amalga
oshiriladigan pul-kredit
siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi.
Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga
bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga,
iqtisodiy islohotlar davrida
inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratiladi.
Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish
to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritishni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: