20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
7/18
Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanilishining tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator
muammoli holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Xususan, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga egaligi hamda ularning markaziy bank
nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit siyosati instrumentlarini qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi.
Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida aks ettiruvchi narxlar indeksining tanlanishi ham inflyatsion targetlash rejimini
qo‘llashning yana bir muhim talablaridan hisoblanadi.
Ayrim mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI) o‘rniga jahon bozorlaridagi narxlar o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar, mavsumiylik kabi qator
omillarni istisno etuvchi indekslardan foydalaniladi. O‘zgartirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy IBI yoki YaIM deflyatori bilan tafovutlarning kelib
chiqishi xatarlarini oshiradi.
Inflyatsion targetlash rejimining joriy qilinishi iqtisodiy siyosatni keng ko‘lamda takomillashtirishni talab etadi.
Misol uchun, Lotin Amerikasida inflyatsion targetlashning qo‘llanilishi soliq-byudjet siyosatining ham qayta ko‘rib chiqilishini taqozo qilgan.
Shuningdek, inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy qilgan mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sifatining yaxshilanishi, markaziy bankning
texnik hamda tahliliy-prognozlashtirish imkoniyatlarining oshishi kuzatiladi.
Inflyatsion targetlashning natijadorligi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosati foiz kanali samaradorligiga bog‘liqligini inobatga olib, xorijiy mamlakatlarda asosiy
e’tibor moliya tizimini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashga qaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: