20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
11/18
Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi jamiyatda inflyatsiyani markaziy bank
tomonidan to‘la nazoratga olish borasidagi shubhalarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug‘dirishi mumkin.
O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion
kutilmalar oshishi va
kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish Markaziy bankning kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga jamoatchilik ishonchini oshirish va shu asnoda
ijobiy inflyatsion kutilmalar shakllanishiga erishishni talab etadi.
Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kelajakda narxlar o‘zgarishi yuzasidan kutilmalarini
baholash va monitoring qilish, shuningdek,
mazkur
kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni atroflicha o‘rganish maqsadida 2018 yildan boshlab Markaziy bank tomonidan
iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o‘rganish yuzasidan kuzatuvlar va so‘rovlar olib borish amaliyoti joriy qilindi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o‘rganish, tahlil qilish va ularni
modellashtirish salohiyatini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: