Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi


Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix26.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#135604
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish
maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining
samaradorligi oshirib boriladi.
Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish
operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz
instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi.
Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining
pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini
takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat
ega. Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan
o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.
Ochiq bozor operatsiyalari
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.


20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
14/18
Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq
bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin