Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi


Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix26.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#135604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining
mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.
Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan
belgilanadi.
Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga
ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi.
4-rasm
2


20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
9/18
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. 
Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
foiz kanali;
kredit kanali;
valyuta kursi kanali;
inflyatsion kutilmalar kanali;
aktivlar bahosi kanali.
Foiz kanali 
pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi
umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi.
Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.
Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmasada, foiz stavkasi o‘zgarishining ta’siri boshqa
kanallar orqali ham amalga oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo‘yicha tahlillar ular orasida barqaror
bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida cheklangangini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha
rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faolliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi.
2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari faollashtirildi. Lekin bunda
yagona banklararo pul bozorining mavjud emasligi hamda pul-kredit instrumentlari ta’sirining cheklanganligi amalga oshirilayotgan choralar samarasini
pasaytirmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug‘ilganda Markaziy bank tomonidan bank
tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini optimallashtirish maqsadida
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini samarali tartibga
solish maqsadida 2018 yilning birinchi yarim yilligida qisqa muddatli pul resurslarini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo pul bozorining
yagona elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.


20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
10/18
Likvidlik taqdim etish va jalb qilish bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari bo‘yicha foiz
koridorini shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi
transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli darajada mustahkamlab boradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin