Pul massasi va pul agregatlari Inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga tasiri



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə2/8
tarix16.03.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#124158
1   2   3   4   5   6   7   8
16-20

2 savol javobi Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilantakrorlanib turadigan kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davr to’rt bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich o’z xususiyatiga ega. Xususan, iqtisodiy davrning birinchi bosqichi iqtisodiy taraqqiyotning eng  yuqori darajasiga erishilgan holatni aks ettiruvchi, ya’ni iqtisodiy faollik darajasi  eng yuqori bo’lgan bosqichdir. Bu bosqich “cho’qqi” bo’lib, unda milliy ishlab  chiqarish hajmi eng yuqri darajada bo’ladi, shu sababli ishsizlik darajasi o’zining  eng past darajasida bo’lishi ta’minlanadi hamda narx darajasining iqtisodiy  faollikka salbiy ta’siri bo’lmagan holda o’sishi kuzatiladi. Iqtisodiy davrning uchinchi bosqichi pasayishning quyi nuqtasida milliy  ishlab chiqarish hajmi eng quyi darajaga tushadi, aksincha ishsizlik darajasi eng  yuqori darajaga yetadi va turg’unlik davri boshlanadi. Bu bosqichda narx darajasining keskin ko’tarilishing yuz berishi iqtisodiyotda stagflyatsiya holatini keltirib chiqardi. 
3savol javobi Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim  etiladigan kreditlar bo’yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi  hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.  Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo’yicha  amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR  London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pulkredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.  LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo’yicha o’rtacha arifmetik miqdor sifatida  hisoblangan o’rtacha stavka tushuniladi. 

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin