Pul massasi va pul agregatlari Inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga tasiri



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə4/8
tarix16.03.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#124158
1   2   3   4   5   6   7   8
16-20

2 savol javobi. Pul massasi — xoʻjalik aylanma-siga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli harid va toʻlov vositalarining jami hajmi. Pul massasi muomaladagi va jami Pul massasigaboʻlinadi. Muomaladagi Pul massasi muayyan davrda, muayyan sanada hara-katda, muomalada boʻlgan pul miqdo-rini, jami Pul massasi muomalaga chiqarilgan pullarning toʻliq miqdorini bil-diradi. Unga nakd pullar, korxonalar va aholining banklarda hisobvaraklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari, toʻlanishi shart boʻlgan pul majburiyatlari kiradi. Tovar ayirboshlash va toʻlov-hisobkitob munosabatlari shakllarining rivojlanishi bilan muomalada yurgan Pul massasining tarkibi va tuzilmasi jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi.Pul massasi bu jismoniy va yuridik shaxslarga hamda davlatga tegishli bo’lgan naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul muomalasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanishi bo’lib, bunda pullar to’lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bajaradi. Pul muomalasi jarayonida ishtirok etadigan pullar 2 ga bo’linadi.
1. Aktiv pullar-bevosita to’lov jarayonidagi pullardir. Shu pullar tufayli T-P (tovar pul) yoki P-T jarayoni nihoyasiga yetadi.
2. Passiv 
pullar-deganda aholining, korxonalarning va davlatning banklaridagi hisob raqamlarida turgan pullar hamda aholining qo’lidagi naqd pullar tushuniladi.
3 savol javobi Foiz stavkasi - qarz oluvchiga aktivlardan foydalanganlik uchun qarz beruvchi tomonidan beriladigan asosiy qarzni qoplash summasi. Ko'pgina ipoteka kreditlari oddiy foizlardan foydalanadi. Biroq, ba'zi kreditlar asosiy foiz uchun emas, balki avvalgi davrlarning to'plangan foizlariga nisbatan ham qo'llaniladi. Qarz beruvchi tomonidan past xavf deb hisoblangan kreditda foiz stavkasi past bo'ladi. Yuqori xavf deb hisoblangan kredit yuqori foiz stavkasiga ega bo'ladi. Iste'mol kreditlari odatda yillik foiz stavkasini ishlatmaydi, bu aralash foizlardan foydalanmaydi. APY - bu bankda yoki kredit uyushmasida omonat hisobvarag'idan yoki omonat sertifikatidan (CD) olingan foiz stavkasi. Omonat hisobvaraqlari va kompakt-disklarda qiziqish katta. Foiz asosan qarz oluvchidan aktivdan foydalanganlik uchun ijara yoki lizing to'lovidir. Transport vositasi yoki bino kabi katta aktiv bo'lsa, ijara stavkasi foiz stavkasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Qarz oluvchi qarz beruvchi tomonidan past xavfli deb hisoblansa, qarz oluvchidan odatda past foiz stavkasi olinadi. Agar qarz oluvchi yuqori tavakkal deb hisoblansa, ular uchun to'lanadigan foiz stavkasi yuqori bo'ladi. Xavf odatda kreditor qarz beruvchining potentsial qarz oluvchining kredit ballarini ko'rib chiqqanda baholanadi, shuning uchun eng yaxshi kreditlarga ega bo'lishni istasangiz, a'lo darajaga ega bo'lish muhim
18 variant

  1. Pul massasini miqdoriy olchash

  2. Inflyyatsiyaga qarshi kurashish yo`llari

  3. Kredit bozori va uning instrumentlari

1savoljavobiMiqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash 
jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri 
g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik 
muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya 
ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur 
bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov 
vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi. 
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining 
zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, 
G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida 
miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan 
biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U 
pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish 
qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi 
oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini 
asoslab berdi. 
2 savol javobi Inflyatsiyaga qarshi kurashning asоsiy shakllari: 1. pul islоhоti; 2. inflyatsiyaga qarshi siyosat hisоblanadi. Pul islоhоti dеb - pul muоmalasini barqarоrlashtirish maqsadida davlat tоmоnidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi. O’zbеkistоnda pul islоhоti 1994 yil 1 iyulda o’tkazildi va mamlakat mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi. Pul muоmalasini barqarоrlashtirishga pul islоhоtini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. 1) Rеvalvatsiya – bu pul birligining оltin qiymatini tiklashdan ibоrat. 2) Dеvalvatsiya milliy valyuta kursining chеt el valyutasiga nisbatan tushishidir. 2005 yil 1-chоrakda milliy valyutaning AQSH dоllariga nisbatan dеvalvatsiyasi darajasi 2,1 fоizdan, inflyatsiya darajasi esa 2 foizdan оshmadi. Bu ko’zda tutilgan mo’ljallarga mos keladi. Dinоminatsiya bahоlar masshtabini yiriklashtirish, ya’ni pul birligidagi «о»larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nоminalni kamaytirishdan ibоratdir. 2006 yilda inflyatsiya darajasi yillik 6-8 fоiz bo’lishi kutilmоqda. Pul islоhоtini o’tkazish kuyidagi yo’llar bilan amalga оshirilishi mumkin: 1) muоmaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida dеflyatsiya kursi bo’yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish; 2) ahоlini va kоrxоnalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq va qisman) harakatsiz ushlab turish (qоtirib qo’yish). Ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li оrqali pul islоhоtini o’tkazish: bu usul halqarо amaliyotda «shоk yo’li» bilan davоlash nоmi bilan mashhurdir.

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin