Pul massasi va pul agregatlari Inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga tasiri



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə5/8
tarix16.03.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#124158
1   2   3   4   5   6   7   8
16-20

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kredit
3 savol javobi. Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi. kredit bozori vositalari banklar, biznes va davlatlarga katta, ammo qisqa muddatli kapital ehtiyojlarini arzon narxlarda qondirish imkonini beradigan investitsiya vositalaridir. Davomi bir kecha, bir necha kun, haftalar yoki hatto oylar, lekin bir yildan kamroq. Uzoq muddatli naqd ehtiyojlarini qondirish moliyaviy yoki kapital bozorlarida amalga oshiriladi.
Korxonalar qisqa muddatli naqd pulga muhtoj, chunki sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlar bir necha oyga cho'zilishi mumkin.

19 variant.
1.Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorlarini aniqlash
2.Kredit qonunlari
3.Nominal foiz stavkasi
1 savol javobiMuomala uchun zarur pul miqdori2 asosiy yo’nalishda shakllanadi: 1. Pullarga bo’lgan aktiv talabning shakllanishi. Korxonalar o’zini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytiradi, ya’ni qo’shimcha sehlar quradi. Hamda yangi texnika va texnologiyalarni sotib oladi. Bunda qo’shimcha pul mablag’lariga talab yuzaga keladi. 2. Passiv talabning yuzaga kelishi. Aholi, kompaniyalar va davlat kelgusidagi jiddiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul jamg’ara boshlaydi. Pul muomalasi qonunlari muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash imkonini beradi.Fisher tomonidan taklif qilingan pul muomalasi qonuni quyidagicha M =P*Q/V Bunda, M-muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; P-tovarlar bahosi; Q-tovarlar hajmi; V-pulning aylanish tezligi. Fisher aytadiki, tovar hajmi ko’rsatkichi o’rniga YaMM ko’rsatkichini qo’llash maqsadga muvofiq. Chunki YaMMning o’sishi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan asosiy omildir.
2 savol javobi.Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga boʻlinadi.
K.ning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat K.i — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank K.i — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat K.i — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol K.i — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro K. — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.

Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin