Pul massasi va pul agregatlari Inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga tasiri



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə8/8
tarix16.03.2023
ölçüsü29,63 Kb.
#124158
1   2   3   4   5   6   7   8
16-20

3 savol javobi.Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi  bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berish, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir. Quyida biz har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o’tmoqchimiz. Kreditni qaytib berish tamoyili Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - buqaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarishoborotdanchiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi.Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgagina o’z egasi qo’ridan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi. Qaytarib berish muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi.
Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin