Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati



Yüklə 84 Kb.
tarix11.11.2023
ölçüsü84 Kb.
#132361
Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati



Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati.
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida
ishlatilayotgan pul1 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi
ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida
1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100
afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri
past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala
boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo
bo’ladi.)
Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion
yondashuv mavjud.
Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv
tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu
sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi.
Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb
qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga
ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.
Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga
bo’lish mumkin.
1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush
o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb
qaraladi.
2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning
xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat
tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi
nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.
3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning
qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish,
qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan
o’lchanadi.
4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin
asosi bekor qilingan.
Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li
nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm
rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.
«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho
metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna
kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan
so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar.
Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596)
hisoblanadi.
18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Frantsiyada Sh.
Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi,
iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz
pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi.
1 Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi
degan fikrlar ham yo’q emas.
Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul
miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib
keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi.
Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oya
atrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi,
nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq.
Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning
kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining,
tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi.
Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot
tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik,
qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari
ayirboshlanadi.
Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter deb
ataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga
oshirish mumkin.
Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan
shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi.
Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir
tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi.
Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi
sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va
hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni
ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi.
Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari,
ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva
mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib
chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash
vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:
1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.
2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.
3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.
4. Sifat jihatidan bir xilligi.
5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.
Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday
boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga
ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi.
Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi
sifatida qog’oz pullar yuritilgan.
Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila
boshladi.
Ma’lumki, pulga dastlab, klassik siyosiy iqtisod vakillari tomondan berilgan ta’rif
«Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan.
Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va
jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan.
1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda
ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi.
Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida
ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas.
Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z
o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan
baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga
aytiladi.
Masalan: AQShchda 1971 yilgacha dollar 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan, agar
biror buyum, aytaylik oyoq kiyimining bahosi 100 dollar bo’lsa, u 0,818513 x 100=81,8513
gramm oltinga teng degan ma’noni beradi. Xar bir mamlakatning pul birligidagi oltin miqdori
turlicha bo’lgan.
2. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoq
ushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonli
bo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi.
Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safar
almashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sari
qiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmagan
oltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadigan
bo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi.
Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagi
tillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olib
keldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi.
3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini
ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning
harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy
majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi.
Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga
sabab bo’ladi.
O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin
va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u
faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga
nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan
ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi.
4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga
surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman,
boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla
buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi
mumkin.
5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi.
Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida
ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan
oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib
qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan.
Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi Bilan
pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki
qiymatga ega emas.
Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi.
Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib
chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi.
Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi.
Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar
dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki
qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi.
Pulning oltin asosini bekor qilinishi uning ikki funktsiyasini boshqalari bilan qo’shilib
ketishiga olib keldi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fani pulni: muomala vositasi, qadr-qiymat
o’lchovi, jamg’arish vositasi sifatida ko’radi.
Pul muomala vositasi sifatida tovar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish va boshqa to’lovlar
uchun ishlatiladi. Tikuvchi u bajargan ishi uchun mato bilan haq to’lashlarini xohlamaydi.
Korxona egasi, aytaylik to’qilgan mato uchun non berishlarini xohlamaydi. Pul esa to’lov
vositasi sifatida darrov qabul qilinadi. U har qanday tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi
mumkin. U barter (mavoze) almashuvining noqulayliklariga barham beradi.
Qadr-qimmat o’lchovi vositasi yoki qadr-qimmat standarti sifatida ishlatilishi ham
tubdan o’zgaradi. Jamiyat pulning turli ne’matlar va resurslarning nisbiy qimmatini o’lchash,
taqqoslashda eng qulay vosita hisoblaydi.
Masofani m, km va boshqalarda o’lchaganimizdek, turli ne’matlar va xizmatlarni pulda
o’lchaymiz. Bunda eng asosiysi har bir mahsulotni boshqa bir mahsulot orqali ifodalash
mashaqqatidan qutulamiz.
Pul turli qimmatlarni o’lchovida etalon sifatida foydalaniladi. Pulning qadr-qimmati
deganda pul birligining xarid qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish
mumkinligini tushuniladi. U narx tarzida yuzaga chiqadi. Lekin bu erda shunday savol tug’iladi,
nima sababdan qog’oz pullarga hozir har qanday tovar, xoxlasangiz oltin buyumlar sotib
olishingiz mumkin?
Ѓarbdagi iqtisodchilar buni shunday tushuntiradilar. Hozirgi kunda pul sifatida davlat,
banklar va omonat muassasalarining qarz-majburiyatlari muomalada yuradi. Bu majburiyat pul
funktsiyasini bajarishi, eng avvalo davlat tomonidan qonunlashtirilgan. Naqd pullar – bu qonuniy
to’lov vositasi. Har bir kishi uni olishga tayyor, chunki biladi, qat’iy ishonadi, undan ham albatta
boshka kishi xech qanday qarshiliksiz tovari, ko’rsatgan xizmati uchun qabul qiladi.
Pul jamg’arish vositasini bajaradi. Pulni tezda har qanday boshka tovarga ayirboshlash
mumkin, ya’ni u yuqori likvidli. Saqlash uchun qulay. Kishilar pulni qo’lga kiritishlaridan to
sarflagunlaricha molu-davlat sifatida jamg’ariladi.
Jamg’arish vositasini bajarganda pul egasi hech qanday daromadga ega bo’lmaydi.
Masalan, ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’ozlar daromad keltiradi. Lekin uning afzalligi
shundaki, puldan tezda har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun foydalanish
mumkin.
.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisobkitoblar
naqd pulsiz va naqd pul yordamida olib boriladi. Hozirgi paytda to’lov vositasi sifatida
puldan tashqari turli-tuman pul vositalari(muomalaga elektron-kredit pullar (veksel, chek va
qimmatbaho qog’oz) kirib kelishi, ya’ni naqd va naqd bo’lmagan pul va kvazi pullar) ishlatilgani
uchun ko’proq pul massasi termini ishlatiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lib, milliy xo’jalikda tovar va xizmatlar
harakatini ta’minlovchi naqd pul va naqd bo’lmagan muomala va to’lovlar uchun ishlatiladigan
vositalar bo’lib, uning bir qismi aktiv bo’lib, uni naqd pul, ikkinchi qismi passiv kvazi pul
(lotincha quasi – deyarli, xuddi) tashkil etadi.
Pul massasini naqd pulga aylantirishning imkoniyati turlicha. Ana shu naqd pulga
aylantirish imkoniyati likvidlik darajasi deyiladi. Likvidlik darajasi turlicha barcha pul
vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi,
boshqacha aytganda pul agregati1 deyiladi.
Pul agregati likvidlik darajasi absolyut bo’lgan (100%) naqd puldan boshlab, borgan sari
likvidligi kamayib boruvchi pul vositalaridan tashkil topadi.
Likvidlik deganda tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’lish tushuniladi. Likvidlik
darajasi turlicha bo’lishining o’zi pulning kelib chiqishiga sabab bo’lgan:
1. U yoki bu tovarni sotib olmoqchi bo’lganlarni cheklanganligi.
2. Shu tovarning ishlatilishi sohasi cheklanganligi.
3. Sotish mumkin bo’lgan vaqtning cheklanganligi (tovar ma’lum vaqt ichida sotilmasa,
sifati buziladi, modadan qoladi va h.k.).
Eng yuqori darajada realizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tovar pulga aylanadi.
Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir.
Pul agregati birinchi navbatda M0 – absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd
pul massasini o’z ichiga oladi.
Pul agregati M1=M0 + banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va
cheklardan iborat.
M2=M1 + muddati ko’rsatilgan depozitlar, nochek jamg’armalar.
M3=M2 + yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning hisob schetlardagi
omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan
iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi cheklarga aylantirish
uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun
ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi.
Eng umumiy pul agregati L = M3dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga
aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi.
Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda,
Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati
asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi.
Turli mamlakatlarning pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va
uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun
pul massasi Lda agregat M1 ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda,
Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha
bo’lgan:
Pul agregati M1 M2 M3 L
Ulushi (%)
AQShda
Yaponiyada
15 65 80 100
Rossiyada
50 70 80 100
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi
rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham
shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho
qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham
qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi.
Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi.
Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar
bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir.
Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga
solishdir.
Xulosa
*Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni
olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy
munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim
rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovarpul
mugosabatlaridir.
*Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik
yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar
xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar
xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar de
ataladi.
*Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan
bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi
nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
*Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya,
me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho
nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini
nazariy jihatdan asoslab berishdir.
*Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi
haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga:
ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik
yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan
fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb
ko’rsatishadi.
*Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat
o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan
iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli
naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va
naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
1. Natural xo’jalik
2. Tovar xo’jaligi
3. Tovar 4. Naflilik
4. Me’yoriy naflilik
5. Pul massasi
6. Likvidlik darajasi
A) insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan
ne’matga aytiladi.
B) maxsulot ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xo’jalik
yuritishning yopiq shakli.
V) tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish bilan iste’mol bozor orqali
bog’lanadigan xo’jalik yuritish shakli.
G) xaridorning o’z extiyojini qondirish, ne’matni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishi.
D) pul va naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo’lgan naqd bo’lmagan pul va kvazi
pullar, qimmatli qog’ozlar.
E) qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan naf.
Yo) pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati.
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Natural xo’jalikdan tovar xo’jaligi qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
2. Tovar xo’jaligini vujudga kelishining asosiy sabablarini ko’rsating.
3. Noiqtisodiy ne’mat, iqtisodiy ne’mat va tovarning qanday farqlari bor?
4. Qiymat nazariyasi va marjinal nazariyaning bosh maqsadi nima? Har ikki nazariya
vakillari bu maqsadni qanday uddalashdi? Neoklassik nazariya vakili A. Marshallchi?
5. Tovarning almashuv qiymatini ya’ni narxini aniqlashning har uch yo’nalishdan
sizningcha qaysi biri haqiqatga yaqinroq?
6. Pulning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz?
7. Pul agregati, likvidliligi deganda nimani tushunamiz?
8. O’zbekistonda pul agregatining tarkibini bilasizmi?
Masala va mashqlar
1. Quyidagi sanab o’tilgan ne’matlardan qaysi birlari iqtisodiy,
qaysi birlari noiqtisodiy ne’matlarga ajratiladi?
a) Siz nafas olayotgan havo;
b)qishda yoqqan qor;
c) restoran, barlar va boshqalarda ishlatilayotgan muz;
d)qishda ariqlardagi muz;
e) uyingiz yaqinidagi buloq suvi;
f) chinni idishlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq;
g)bog’ingizda ekilgan daraxt
To’g’ri javob bering va uni asoslang.
2. Barcha iqtisodiy ne’matlarning nafliligi xaqida qanday fikr yuritish mumkin? Masalan,
narkotiklar, spirtli ichimlmklar, pornografiya nafaqat insonning jismiga balki ruxini
sog’lomligiga xam qattiq zarar etkazadi! Siz mana shu fikrga qo’shilasizmi? Iqtisodiyot
nazariyasida naflilik deganda nimani tushunish kerak?
3. Sizda 1 mln. so’m naqd pul bor. Do’stingizda esa shuncha so’mlik aktsiyalar bor.
Ikkinchi do’stingizda 1 mln. so’mga baholangan dala hovli bor. Kimning mulki yuqori darajada
likvidli? Doimo mulkni likvidli shakliga qarab saqlash ratsional hisoblanadimi?
T/N
1. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi:
1)mexnat taqsimoti va uning chuqurlashuviga
2)ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy aloxidalashuvi sabab bo’ladi.
2. Tovar ikki xossaga ega:
1)Biron-bir extiyojni qondirish
2)Ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish
3. Naflilikni yagona o’lchov bilan o’lchash mumkin.
4. Me’yoriy naflilikni pasayib borish qonuni universal qonun. U barcha ne’matlar uchun
ham umumiy.
5. Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun shunday yo’l tanlaydiki, natijada eng yuqori
naf olishga erishadi.
1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat xisoblanadi?
a) Harbiy kema
b)Teatr, kontsert zali
c) Bilim, malaka
d)Quyosh nuri
e) Ko’prik, yo’l
2. Buyuk Aristotel xar xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima
bo’lish kerak deydi:
a) Tenglik bo’lishi, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak
b)Tovar miqdorini o’lchashni bilish kerak
c) Xar xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jixatidan umumiy o’lchov birligini topish
kerak
d)Ayirboshlash uchun narxni adolatli bo’lishini ta’minlash kerak
e) Tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligini tengligini ta’minlash kerak
3. Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat xarajatlari
bilan o’lchanadi deyiladi?
a) Marjinal nazariyasida
b)Klassik nazariyasida
Mini testlar
c) Ratsionalistik nazariyasida
d)Institutsional nazariyasida
e) Neoliberalizm nazariyasida
4. Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy
psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi?
a) Marjinal nazariyada;
b)Klassik nazariyada;
c) Ratsionalistik nazariyada;
d)Institutsional nazariyada;
e) Neoliberalizm nazariyada;
5. Naflilikni pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri
to’gri kelmaydi?
a) Qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos;
b)Universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi;
c)Amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, shaxsiy extiyojni qondiradigan, eng avvalo
kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi
d)Ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi;
e) Naflilikni baholovchi yagona o’lchov, ko’rsatkich yo’q;
6. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati
a) undagi oltin miqdori;
b) narxlar darajasi;
c) mutloq likvidliligi;
d)muomaladagi pul miqdori;
e)mamlakatning oltin zahirasi
bilan o’lchanadi.
7. Pul agregatlari
a) likvidlik darajasi turlicha bo’lgan barcha pul turlarini muayyan nisbatlardagi yaxlit
massasi;
b)naqd pullar va elektron pullarning ma’lum nisbatdagi pul massasi;
c) cheklar, qimmatli qogozlar kompleksi;
d)naqd bo’lmagan pullarning ma’lum nisbatdagi massasi;
e) naqd pullar va qimmatli qorozlarning ma’lum nisbatdagi massasi
8. Demonitizatsiya deganda …
a) qogoz pullarning qadrsizlanishi
b)pulni yaroqsiz holga kelishi
c) qogoz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish
d)pulning baho masshtabini almashtirish
e) oltinning pul funktsiyasini bajarishini to’xtatilishi
Tarkatma materiallardan namunalar:
1-tarqatma material
Qiymat shakllari Nisbiy Ekvivalent
Oddiy , tasodifiy 1 Qop don 1 ta bolta
To’la yoki kengaytirilgan
20 metr bo’z
1 ta kostyum yoki
2 qop don
2 ta bolta
Umumiy
1 ta kostyum
2 qop don
2 ta bolta
20 kg tuz
Pul
20 metr bo’z
1 ta kostyum
2 ta bolta
5 gr oltin
Pulning kelib chiqishi haqida
yondashuvlar.
Ratsionallik Evatsyulion
Ratsionallik yondashuv asoschilar
pulning kelib chiqishini kishilar
o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan.
Bu yondashuv XVIII asr oxirlarida
hukm surgan:sub’ektiv – psixologik
yondashuv.
Evalyutsion yondashuvda pul
jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy
taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi.
2-tarqatma material
Pulning funktsiyalar
Pul bu –umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar.
2-tarqatma material
Hozirgi zamon pul tizimida pulning funktsiyalari
Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovar (xizmatga) ayirboshlash yoki qarz
to’lashga qilinadigan har qanday vosita (narsa) pul deyiladi.
Qiymat o’lchovi tovar va xizmatlarning
almashuv qiymati vositasida
hisoblanadi.Resurs xarajatlari daromad-lar
hisoblanadi.
Jahon puli. Pullar xalqaro miqiyosda
o’z milliy liboslarini echib,quyma oltin
sifatida ishlatilgan.
Pulning funktsiyalari
(metall pul)
Muomala vositasi tovar xizmatlar oldisotdi
qilinadi.
To’lov vositasi nasiyaga olinadi to’langan
turli xil to’lov
Jamg’arish vositasi pul muoma-ladan
chiqarilsa xozirgi to’p-lash funktsiyasi. Boylik
sifati-da pul to’planadi.
Qiymat o’lchovi. Qadr-qimmat
o’lchovi sifatida tovar va
xizmatlarning qiymati o’lchanadi
Jamg’arish vositasi 100%
likvidlikka ega boylik sifatida
saqlanadi.
Pulning funktsiyalari
(hozirgi zamon pul tizimi)
Ayriboshlash va tulov vositasi. Har qanday
tovar va xizmatlar uchun pul to’lanadi
Javoblar:
Asosiy tayanch tushchunchalar:
1B; 2V; 3A; 4G; 5E; 6D; 7E.
Masala va mashqlar:
1)a), b), d), e) - noiqtisodiy ne’matlar
c), f), g) - iqtisodiy ne’matlar
2. Naflilik – bu tovarning insonning ehtiyojini qondirish xususiyati. Ma’naviy-axloqiy
jihatdan berilgan baholar qanday bo’lishdan qat’iy nazar uni hisobga olinmaydi.
3.Sizni mulkingiz likvidli. Lekin inflyatsiya, noaniqlik sharoitida mulkni asosiy qismini
likvidliligiga qarab saqlashning ma’nosi yo’q.
T/N
1T, 2T, 3N, 4N, 5T.
Testlar:
1d, 2a, 3b, 4a, 5c, 6d, 7a, 8e.
Muomalaga chiqarilishi shakliga
ko’ra
Ishlatilishi qanday
tarzda amalga
oshirilishiga ko’ra
Muomalada
ishlatilishi miqyosi
jihatidan
Pul turlari
Naqd pullar Aniq shaklshamoyilga
ega bo’lgan, qo’ldanqo’lga
o’tuvchi pullar
Naqd bo’lmagan pullar pullar
Bankdagi bir joriy hisob varaqdan
ikkinchisiga kqchirib yozish orqali
harakat qiluvchi pullar
Milliy pullar
Mamlakatning o’z puli
Xalqaro yoki baynalminal
pullarMaxsus jahon puli yo’q.
Lekin bu rolni erkin konvertirlanadigan
pullar o’ynaydi
Qog’oz pullar
Qabul qilingan qonunga muvofiq
yirik pullar
Tanga pullar
Odatda muomalada ishlatiladigan
mayda pullar
Elektron pullar


Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin