Punktuatsiya vaa uning tamoyillari. Tinish belgilari tasnifi
VERGUL VA UNING QO’LLANILISH O’RINLARI Vergul sodda gap doirasida quyidagi o’rinlarda qo’llaniladi:
1. Uyushiq ohang bilan aytiladigan bo’laklar, bularning yoyiq holatda guruhlashishidan tashkil topgan sintaktik qismlar vergul bilan ajratiladi. Bunda bo’laklar teng bog’lovchilar (va biriktiruvchisi mustasno) bilan birikkanda ham, ular o’rtasida vergul qo’llanila beradi: Shundan beri... eshon raisning yugurdagi, kabobpaz va oshpazi, ashulachisi, qiziqchisi, ulfati, xodimgiri, agenti, mirzasi edi. (A.Q.). Oyna orqali ko’ringan narsalar goh quyoshning nurida ravshanlashib ko’rinar, goh xiralashib, ko’zdan g’oyib bo’lardi. (Asq.M.). Qalandarov Saidaning gapini yo eshitmadi, yo o’zini eshitmaganga soldi. (A.Q.) Yigit uni quvlab ketdi, ataka qildi, ammo otishga ulgarmadi (H.Sh.) U na yozadi na o’qiydi. 2. Undalmalar, yig’iq, yoyiq, uyushiq, takrorlangan shaklda bo’lishi-dan; gapning boshida, o’rtasida, oxirida kelishidan qat'i nazar, gapdan vergul (emotsiya ifodalasa, undov belgisi) bilan ajratiladi: Do’stlar, yodimga tushdi yashnagan gulzorlar (U.) To’kilgandan tomchilagan yomon, uka, tomchilagan yomon! (A.Q.) Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib kiyibsiz atlas. (H.Sh.) O’rtoq Nosirov, mumkinmi? (A.Q.) Bu gapni menga aytding, o’rtoq, boshqa kishiga og’zingdan chiqarma. (A.Q.) O, gul, janub, shifo maskani, Yana keldik sohillaringga (U.)
3. Kirishlar asosiy gapdan vergul bilan ajratiladi. Bunda kirishlar qisqa pauza, past ohang, tezroq tempda aytiladi; qanday shaklda bo’lishidan, gapda qaysi o’rinda kelishidan qati nazar, vergul bilan ajratiladi: Shunday qilib, ular partizanlarni ikki tomondan "iskanja" orasiga siqib olishdi. (S.Ahm.) Bu birinchi kulgi, albat, toleingga muhr bo’ladi. (G’.G’.) Qalandarov mashq va ashuladan mamnun bo’ldi, aftidan, uni yana gapirtirib kulgisi keldi. (A.Q.) Dunyoda hech bir xalq to’g’ri kelolmas, Mening bilishimcha, sening elingga (H.O.) Men sizga aytsam, hech yerda tayyor osh bo’lmaydi. ("Mushtum"). Shunday qilib desangiz, uyg’onib ketsam tushim ekan. (og’izdan) Buyoqqa qarang, siz qachon bu yo’ldan qaytasiz. (og’izdan)
4. Tasdiq va inkor bildiruvchi