Break operatori agar siklning bajarilish sharti hali False qiymat olmagan bo'lsa ham yoki ketma-ketlik elementlari hali tugamagan bo'lsa ham siklni to'xtatish, ya'ni buyruqlar bajarilishini to'xtatish uchun xizmat qiladi. Shuni aytib o'tish kerakki, for yoki while sikllarini break operatori bilan to'xtatilsa, ularga tegishli bo'lgan else bloki bajarilmaydi.
Misol:
Natija:
Continue operatori
Continue operatori joriy blokdagi o'zidan keyingi qolgan barcha buyruqlarni bajarmay siklning keyingi iteratsiyasidan davom ettirish uchun ishlatiladi.
Funksiyani aniqlash. Def kalit so`zi funksiyani aniqlashni taqdim etadi. Def so`zidan so`ng funksiya nomiva qavs ichida formal parametrlar ro`yxati ko`rsatiladi. Funksiya tanasini hosil qiluvchi instruksiyalar keyingi qatordan boshlab bo`sh joy(отступь) bilan yoziladi. Misol sifatida Fibonachi sonlar ro`yxatini chiqaradigan funksiyani yaratishimiz mumkin:
Natija:
Yana bir misol sifatida kiritilgan sonning raqamlar yig`indisini hisoblovchi dasturni funksiya yordamida yechishni ko`rsak: