Kortejni o`zgartirish
Kortejlar ustida amal bajarayotganda “+” operatori orqali ikkita kortejni qo`shishimiz mumkin, va bu konkatenatsiya deb ham ataladi.
Kortej elementlarini takrorlash uchun “*” operatoridan foydalanamiz. “+” va “*” operatorlarini kortejlarda qo`llaganimizdan so`ng yangi ko`rinishdagi kortejga ega bo`lamiz
Kortejning funksiya va metodlari
Count(x)-kortejdagi x elementi sonini qaytaradi.
Index(x)-kortejdagi x elementining indeksini qaytaradi.
Any()-agar kortej elementi mavjud bo`lsa True qiymat qaytaradi, aks holda (kortej bo`sh bo`lsa) False qiymat qaytaradi.
Max()-kortejning maksimal elementini qaytaradi.
Min()- kortejning minimal elementini qaytaradi.
Len()-kortejning uzunligini qaytaradi.
Sorted()-kortej elementlaridan iborat yangi tartiblangan ro`yxatni qaytaradi.
Sum()-kortej elementlari yig`indisini qaytaradi.
Elementni kortejga tegishli ekanligini tekshirish uchun in kalit so`zidan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |