Week number of year, Sunday as the first day of week, 00-53
52
Try it »
%W
Week number of year, Monday as the first day of week, 00-53
52
Try it »
%c
Local version of date and time
Mon Dec 31 17:41:00 2018
Try it »
%C
Century
20
Try it »
%x
Local version of date
12/31/18
Try it »
%X
Local version of time
17:41:00
Try it »
%%
A % character
%
Try it »
%G
ISO 8601 year
2018
Try it »
%u
ISO 8601 weekday (1-7)
1
Try it »
%V
ISO 8601 weeknumber (01-53)
01
Try it »
datetime — SANA VA VAQT
Ushbu modul yordamida Pythonda sanalar bilan ishlashimiz mumkin. Moduldan foydalanishdan avval uni import qilamiz. Har gal moduldan foydalanishda datetime deb qayta yozmaslik uchun, import qilishda modulga dt nomini beramiz.
import datetime as dt
Hozirgi vaqt va sanani koʻrish uchun datetime.now() moduliga murojat qilamiz:
hozir = dt.datetime.now()
print(hozir)
Natija: 2021-03-09 12:12:19.894899
Kurib turganingizdek, natija yil, oy, kun soat, minut, sekund va millisekund koʻrinishida chiqdi. Biz bu qiymatlardan istaganimzni maxsus metodlar yordamida ajratib olishimiz mumkin:
# sanani ajratib olish
print(hozir.date())
# vaqtni ajratib olish
print(hozir.time())
# soatni ajratib olish
print(hozir.hour)
# minutni ajratib olish
print(hozir.minute)
# sekundni ajratib olish
print(hozir.second)
Natija:
2021-03-09
12:15:35.367013
12 # soat
15 # minut
35 # sekund
Agar bugungi kunning sanasi talab qilinsa datetime moduli ichidagi date.today() moduliga murojat qilamiz.
bugun = dt.date.today()
print(f"Bugungi sana: {bugun}")
Natija: Bugungi sana: 2021-03-09
Agar biror sanani qoʻlda kiritish talab qilinsa .date() metodiga kerakli sanani (yil, oy, kun) koʻrinishida kiritamiz.
ertaga = dt.date(2021, 3, 10)
print(f"Ertangi sana: {ertaga}")
Natija: Ertangi sana: 2021-03-10
Faqatgina vaqt bilan ishlash uchun .datetime.now().time() metodiga murojat qilishimiz mumkin:
hozir = dt.datetime.now()
vaqtHozir = hozir.time()
print(f"Hozir soat: {vaqtHozir}")
Natija: Hozir soat: 12:21:54.529788
Istalgan vaqtni qoʻlda kiritish uchun esa .time() metodiga kerakli vaqtni (soat, minut, sekund) koʻrinishida beramiz:
vaqtKeyin = dt.time(23,45,00)
Ayirish operatori yordamida sanalalar va vaqtlar orasidagi farqni hisoblashimiz mumkin:
bugun = dt.date.today()
ramazon = dt.date(2021, 4, 13)
farq = ramazon-bugun
print(farq)
print(f"Ramazonga {farq.days} kun qoldi")
Natija: Ramazonga 35 kun qoldi
Huddi shu kabi ikki vaqt oraligʻini sekundlarda yoki soatlarda ham koʻrishimiz mumkin:
hozir = dt.datetime.now()
futbol = dt.datetime(2021, 3, 10, 23, 45, 00)
farq= futbol-hozir
sekundlar = farq.seconds
minutlar = int(sekundlar/60)
soatlar = int(minutlar/60)
print(f"Futbol boshlanishiga {sekundlar} sekund qoldi")
print(f"Futbol boshlanishiga {minutlar} minut qoldi")
print(f"Futbol boshlanishiga {soatlar} soat qoldi")
Natija:
Futbol boshlanishiga 40797 sekund qoldi
Futbol boshlanishiga 679 minut qoldi
Futbol boshlanishiga 11 soat qoldi
Yuqorida sanalar AQSh standartiga koʻra, yil-oy-kun koʻrinishida chiqayapti. Sanani oʻzimizga moslab chiqarish uchun .strftime() metodini chaqiramiz, va sanani oʻzimizga qulay formatda chiqaramiz.
# vaqtni millisekundsiz chiqaramiz
vaqt = hozir.strftime("%H:%M:%S")
print(f"Hozir soat: {vaqt}")
# sanani kun-oy-yil koʻrinishida chiqaramiz
sana = hozir.strftime("%d-%m-%Y")
print(f"Bugun sana: {sana}")
# sanani kun/oy/yil koʻrinishida chiqaramiz
sana_vaqt = hozir.strftime("%d/%m/%Y, %H:%M")
print(sana_vaqt)
Natija:
Hozir soat: 12:28:21
Bugun sana: 09-03-2021
09/03/2021, 12:28