PYTHONDA BAJARISH UCHUN 5 TA MASALA (javoblari bilan) Python dasturlash tilini o'rganuvchilar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Shu tufayli bugungi postni ushbu tilni o'rganayotgan va masalalar yordamida mustahkamlab olmoqchi bo'lganlarga tayyorlashni qaror qildim.
Quyida keltiriladigan misollar Python tilini boshlang'ich darajada biladiganlar uchun hisoblanadi. Agarda ushbu dasturlash tilidan xabaringiz bo'lmasa, biroq o'rganishni istasangiz Pythonda backend asoslarini o'qib chiqishingizni maslahat beraman.
Agar kompyuteringizga Pythonni o'rnatmagan bo'lsangiz, ushbuonlayn tahrirlovchidanfoydalanishni maslahat beraman.
1-savol: Berilgan ikkita sonni ko'paytmasini toping, agar ko'paytmasi 1000 dan katta bo'lsa, ularning yig'indisini hisoblaydigan funksiya yozib chiqing. Misol uchun:
Berilgan
Chiqishda
number1 = 20
number2 = 30
Natija: 600
Berilgan
Chiqishda
number1 = 40
number2 = 30
Natija: 70
Javobni ko'rish...
2-savol: Berilgan 10 ta raqamning dastlabki va navbatdagi raqamlari yig'indisini toping. Natija quyidagicha ko'rinishda bo'lsin.
range(10) dagi oldingi va hozirgi raqamlari yig'indisi:
Oldingi raqam 0 Hozirgi raqam 0 Yig'indi: 0
Oldingi raqam 0 Hozirgi raqam 1 Yig'indi: 1
Oldingi raqam 1 Hozirgi raqam 2 Yig'indi: 3
Oldingi raqam 2 Hozirgi raqam 3 Yig'indi: 5
Oldingi raqam 3 Hozirgi raqam 4 Yig'indi: 7
Oldingi raqam 4 Hozirgi raqam 5 Yig'indi: 9
Oldingi raqam 5 Hozirgi raqam 6 Yig'indi: 11
Oldingi raqam 6 Hozirgi raqam 7 Yig'indi: 13
Oldingi raqam 7 Hozirgi raqam 8 Yig'indi: 15
Oldingi raqam 8 Hozirgi raqam 9 Yig'indi: 17