Qadimgi Misr va Bobilda matematik bilimlar Misr matematikasi



Yüklə 415 Kb.
səhifə1/14
tarix31.12.2021
ölçüsü415 Kb.
#112579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1443672864 61321


Qadimgi Misr va Bobilda matematik bilimlar Misr matematikasi
Reja:


  1. Misrliklarning sanoq sistemasi

  2. Arifmetik amallar

  3. Misr matematikasida kasrlar

  4. "AXA" ga doir masalalar

  5. Progressiyalar

  6. Misrda geometriya

  7. Qadimgi bobil matematikasi

  8. Bobilliklarning sanoq sistemasi

  9. Arifmetik amallar

  10. Arifmetik masalalar

  11. Algebraik usullar

  12. Kvadrat tenglamalar

  13. Bobilliklar gеomеtriyasi

XULOSA.
Misrning mashhur piramidalari qadimgi podsholik davri (e.o. 3600-2700) da qurilgan. Bu piramidalarning ostiga Misr shoh (firavn)larining maqbaralari joylashgan. Bu piramidalar o'sha qadimgi davrda ham, Misrda matematika ancha yuqori darajada bo'lganligidan dalolat beradi, chunki bunday qurilishlar anchagina murakkab arifmetik amallarni va geometrik o'lchashlarni talab qiladi. Bundan tashqari, tarixdan o'sha davrda Misrda kanallar, to'g'onlar va suv omborlari qurilganligi haqida ma'lumotlar bor, ular ham quruvchilardan katta matematik ma'lumot talab etar edi. Podshoh o'z dehqonlariga yerlarni bo'lib berardi, demak uning maxsus tanobchilari bor edi. O'sha yerlarga mos qilib, ulardan o'lpon olishardi, demak, hisobchilar darkor edi. Dehqonchilik ishlarini yaxshi olib borish uchun yaxshi tuzilgan taqvim (kalendar) lozim edi. Bu talab astranomiyani, shu bilan birga matematikani rivojlantirishni talab qiladi.

Shunday qilib, qadimgi Misrda matematika bilim ancha yuqori darajada bo'lgan deyish mumkin. Bizgacha qadimgi Misrning arxitektori, me’mori va matematigi Imxotepning nomi yetib kelgan. Ammo bu davrdan faqat sonlarning yozilishi, ba'zi bir o'lchovlargina saqlanib qolgan. Biz Misrning qadimgi podsholigi davri matematikasi haqida ana shular bo'yicha hukm chiqaramiz.




Yüklə 415 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin