Ilk falsafiy fikrlar qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistonda kelib chiqqan.
Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga boʼlinadi. Biri Vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxьya, nьyaya va vaysheshika maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishib chiqaylik.
Vedalar taʼlimotini talqin etuvchi dastlabki diniy-falsafiy maktablardan biri mimansa va vedanta hisoblanadi. Bu ikkala maktab ham Vedalarni muqaddas kitoblar deb biladi va kishilardan hayotda ularga toʼla amal qilishni talab qiladi. Biroq ularda diniy qarashlar bilan bir qatorda sof falsafiy masalalar ham koʼtariladi. Masalan, mimansa maktabi bilish masalalariga katta eʼtibor qaratgan. Unda hissiy bilish va uning manbai, mantiq masalalari koʼtariladi.
Vedanta maktabi namoyondalari jon bilan xudoni oʼzaro munosabati masalasiga eʼtibor qaratadilar. Vedanta maktabining falsafiy taʼlimotini ishlab chiqishda Badarayana degan faylasuf katta xizmat qilgan. Jon va xudoning oʼzaro munosabati masalasida bu maktab vakillari ikkiga boʼlingan. Madhva tarafdorlari xudo va jon tamoman mustaqil narsalardir deb oʼrgatsa, Sharkata tarafdorlari bunga teskari fikrni, yaʼni xudo va jon birdir degan qarashni ilgari surganlar.
Vedalarni sharhlash va undagi aqidalarni falsafiy jihatdan asoslashda sankxьya maktabi alohida oʼrin tutadi. Bu maktabning asoschisi Kapila hisoblanadi. U taxminan miloddan avvalgi 600 yillarda yashagan. Sankxьya maktabi ikki boshlangʼichni moddiy va ruhiy boshlangʼichni eʼtirof etadi. Sankxьya maktabining taʼlimotiga koʼra, biz yashab turgan dunyodagi hamma narsalar moddiydir. Biroq moddiylik bilan bir qatorda dunyoning ruhiy asosi ham bor. Sankxьya maktabi bu ruhiy asosni Prakhriti deb ataydi. Prakhriti dunyodagi hamma narsaning asosi. U abadiydir.
Bilish masalasiga kelganda sankxьya maktabi kishining sezgi aʼzolarini va aqlning rolini inkor etmasa ham Vedalar taʼlimotiga katta ahamiyat beradi. Sankxьya maktabining vakillari Veda aqidalari dunyoning mohiyatini ochib berishga yordam beradi deb uqdiradilar.
Ikkinchi turkumga kiruvchi maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi diqqatga sazovordir.
Jaynizm falsafiy maktabining asoschisi Vardxamana hisoblanadi. U miloddan avvalgi VI asrda yashagan boʼlib, Gʼolib Jina degan taxallus bilan mashhur boʼlgan. Uning izdoshlari jaynichilar deb atalganlar.
Jaynichilar borliqni ikkiga tirik va notirik dunyoga boʼladilar. Notirik tabiatga ular moddiylikni kiritadilar. Moddiy narsalarning hammasi boʼlinmas mayda zarrachalardan tashkil topgan. Notirik tabiatga jaynichilar yana makon, vaqt, harakat kabilarni ham kiritadilar.
Tirik tabiatga, jaynichilar fikricha, jon kiradi. Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik, jaynichilar taʼlimoticha, turli jonlarda turlicha darajada boʼladi. Jon oʼz tabiatiga koʼra mukammal narsa boʼlib, uning imkoniyatlari cheksizdir. Biroq jon tana bilan bogʼlangandir. U ehtiroslar, xohish-istaklar doirasiga tushib qolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini cheklab qoʼygan. Shuning uchun haqiqiy bilim, jaynichilar taʼlimoticha, jonni tanadan halos boʼlishiga yordam qilishi kerak.
Chorvak maktabi koʼpgina falsafiy muammolarni oʼrtaga tashladi va ularni hal qilishga urindi. Bu qadimgi Hindistonda falsafiy fikr ancha rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.
Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy fikr miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida Konfutsiyning (551-479) qarashlari alohida oʼrin tutadi. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qoʼshgan. U qadimiy yodgorliklardan hisoblangan «Qoʼshiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi kitoblarni tuzishda qatnashgan. Konfutsiyning oʼzi «Аforizmlar»i bilan mashhurdir. Yaratuvchi ilohiy kuchni tan olgan Konfutsiy «kishilarning hayoti taqdirga bogʼliq, boylik va ulugʼlik esa Iloh tomonidan beriladi» deb uqdiradi.
Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy oʼrin tutadi. «Hamma odamlar oʼz tabiatiga koʼra bir-birlariga oʼxshaydilar, tarbiyaga qarab ular bir-birlaridan farqlanadilar», «yangini bilish uchun eskini oʼrganish kerak», «mulohazasiz taʼlimot foydasizdir, taʼlimotsiz mulohaza boʼlmaydi», degan fikrlar Konfutsiyning axloq haqidagi taʼlimotida asosiy oʼrin olgan.
Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi yunon falsafasi miloddan oldingi Vl asrda, ibtidoiy jamoa tuzumi quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda vujudga keldi. Quldorlikning vujudga kelishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji Yunonistonda shahar-davlatlarning paydo boʼlishiga olib keldi. Yunon shahar-davlatlari savdo va sanoat markazi hamda madaniy taraqqiyotning muhim omillaridan biri boʼldi. Qadimgi Yunonistonda falsafa ijtimoiy hayotning inʼikosi sifatida tabiat toʼgʼrisidagi bilimlar bilan bogʼlanib bir butun dunyoqarashni oʼzida mujassamlantirgan edi.
Qadimgi yunon falsafiy fikri dastlab kichik Osiyo gʼarbidagi Ioniya orolida vujudga keldi va rivojlandi. Milet Ioniya dengizi qirgʼogʼida joylashgan yirik shahar boʼlib, Moddiy dunyo, narsalar toʼgʼrisidagi tasavvurlarimiz esa hissiy bilish orqali paydo boʼladi. Hissiy bilish esa, Аflotunning fikricha, haqiqat emas. Moddiy narsalarning boshlangʼich asosi, mohiyati boʼlgan «gʼoyalar dunyosi»ni faqat sof tafakkur orqali bilish mumkin.
Lekin qadimgi yunon falsafasining bu cheklangan tomonini hisobga olmaganda, u ijtimoiy fikr taraqqiyotida yangi bosqich boʼldi. Qadimgi yunon faylasuflari falsafaning koʼp masalalarini yangicha yoritishga katta hissa qoʼshdilar. Shuni ham qayd etish kerakki, qadimgi yunon falsafasining xilma-xil shakllarida keyingi falsafiy taʼlimotlarning ildizlari kurtak yoza boshlagan edi.