davlatida uch tabaqa faylasuflar, harbiylar va dehqon, hunarmandlarni bo`lishini
e`tirof etgan.
Aflotun o`zining «qonunlar» nomli asarida davlatning moxiyati va qurilishi
xaqida batafsil to`xtalib o`tadi. Aflotun ideal davlatning eng muhim belgilari
quyidagilardan iborat. Uning 5040 fuqarosi chek tashlash orqali er maydoni va uy-joy
oladilar, ammo bu er va uy ularning xususiy mulki hisoblanmaydi. Barcha erlar
davlatning mulki bo`lib odamlarning farzandlaridan biriga meros bo`lib o`tishi
mumkin. Mavjud mulkning ko`p
va ozligiga qarab, odamlar to`rt toifaga bo`linadilar:
Boylikning ham, kambag`allikning ham ma`lum chegarasi bo`lib, bu qonun
tomonidan belgilab qo`yiladi. qullar va chet ellardan kelgan dehqon, hunarmand,
savdogarlar YUqorida aytilgan 5040 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda
ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish o`zaro kelishuv va muomila asosida olib
boriladi. YOshlar erkaklar bilan teng huquqqa ega bo`lsalarda, ammo ular oliy
rahbarlikka ko`tarila olmaydilar. Aflotun davlatining boshida bosqichma-bosqich
saylovlardan o`tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha
bo`ladi. 360 kishidan iborat bo`lgan saylov kengashi katta huquqlarga ega.
Aflotunning ideal davlatida qonunchilikka e`tibor qaratgan. qonun
chiqaruvchilarga Aflotun maslahat berib qonunlar juda qattiq bo`lmasin, qonunga
itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar,
qonunlarni ishlab
chiqqanda geografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa omillar e`tiborga olinishi zarur.
Aflotun qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, olimlar turli-
tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavermasin.
Aflotun o`z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e`tibor berdi. Davlat va
qonunlarning ilohiy va muqarrar qudratini
odamlarga etkazish, ularning ongiga
singdirish kerak. qonun-qoidalarni buzish qattiq jazolanishi kerak. Aflotun tomonidan
ikki yarim ming yil oldin aytilgan "qonun ustivorligi", "qonun hukumronligi"
g`oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali.
Arastu Aflotundan keyin eng ulug` mutafakkir sifatida maydonga chiqdi.
(Eramizdan oldingi 384-322 yillar). O`zining «Politiya», «Afina siyosati», «Etika»
nomli asarlarida siyosiy, huquqiy qarashlarini bayon etadi. Arastu siyosat fanini har
tomonlama ishlab chiqishga, siyosatni axloq doirasida qarashga harakat qildi. Axloq
siyosatning boshlang`ich nuqtasi, uning muqaddimasidir, deydi u.
Arastu adolatning
ikki xilini farqlab ko`rsatadi. Muvozanatga soluvchi adolat misoli arifmetik tenglik,
ya`ni mana shu tamoyilni jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etish. Belgilovchi adolat xuddi
geometrik tenglikka o`xshaydi. ya`ni barcha haq-huquqlar, ne`matlar odamlar
o`rtasida har kimning o`ziga yarasha taqsimlanishi kerak.
Arastuning etika sohasidagi izlanishlarining mohiyati shundaki, siyosiy adolat
odamlar o`rtasidagi tenglik, erkinlikka asoslangan bo`lib, har bir odamning o`z
ehtiyojlarini qondirishi bilan belgilanadi. Arastu tasavvurida davlat ko`plab tarkibiy
qismlarning o`zaro uyg`unligidan tashkil topadi. Davlat o`ziga xos bir tashkilot
bo`lib, fuqarolarning uYUshishidan tashkil topdi. Davlatning har bir turida o`ziga xos
inson xuquqlari ishlab chiqilgan bo`ladi.
Arastu davlatning siyosiy tashkilot ekanini ta`kidlab, davlat
bu oliy hokimiyatga
ega bo`lgan siyosiy tizimdir, deb uqdiradi. Davlatning to`g`ri va noto`g`ri boshqarish
shakllarini ajratadi. Davlatning to`g`ri boshqarish shaklida xalqqa manfaat keltiradi.
Noto`g`ri boshqarish shaklida faqat tor doiradagi odamlarga foyda keltiradi xolos.
Davlat boshqarishining uchta to`g`ri shakli monarxiya, aristokratiya, politiya. Davlat
boshqarishning noto`g`ri shakli tiraniya, oligarxiya, demokratiyadir.
Arastu davlat boshqarish shakllarining turli xillarini xam tekshirib chiqadi.
Uning fikricha, eng to`g`ri boshqarish shakli bu politiyadir. Boshqa davlat formalari
politiyadan ozmi-ko`pmi chekinishlarga asoslanadi. Davlatni noto`g`ri boshqarish
shaklidan eng yomoni bu tiraniyadir. Politiya oligarxiya va demokratiyaning eng
yaxshi tomonlarini birlashtiradi, ammo ularning yomon tomonlaridan butunlay xoli
davlat shaklidir. Arastu ishlab chiqqan ideal davlatning loyihasini
oddiy bir faktni
tajribada sinab ko`rishdek aniq bir belgilar bilan xarakterlab bo`lmaydi, deb
ko`rsatadi. Ideal davlatning aholisi etarli darajada bo`lib, aniq ko`zga tashlanib turishi
kerak. Uning xududida quriqlik va dengizga yaxshi yo`naltirilgan bo`lmog`i zarur.
Qonun siyosatga mos bo`lishi uchun avvlo qonunlar adolat asosida shakllanishi
zarur. Arastu qadimgi dunyoning eng mashhur, genial tafakkur egasi edi. Uning
asarlari asrlar osha o`z kuchini yo`qotmay qolmoqda. U voqealarni chuqur, ilmiy
taxlil etishda o`z ustozi Aflotundan ancha o`zib ketgan edi.
Dostları ilə paylaş: