Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Qo`shimcha adabiyotlar. 
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998. 
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston, 
1999. 
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent: 
Mehnat, 2000. 
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994. 
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000. 


6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent: 
O`zbekiston, 1997. 
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999. 
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004 
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent: 
O`zbekiston, 2004. 
7-Mavzu:Moddiy-iqtisodiy qadriyatlar, inson hayoti va ularni jamiyat 
taraqqiyotiga ta`siri. 2-soat 
Reja: 
1.Moddiy-iqtisodiy qadriyatlar tizimi.
2.Geografik muhit tushinchasi. Geografik muhit inson va jamiyat mavjudligining
zaruriy sharti sifatida.
3.Tabiiy resurslar va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta`siri. Ikkinchi tabiat (sun`iy 
tabiat) – moddiy qadriyat sifatida.
4.Mustaqillik va moddiy-iqtisodiy qadriyatlar.
5.Mulk - iqtisodiy qadriyatlar negizi ekanligi. Davlat mulki va xususiy mulkning 
uyg`unligi masalasi. 
Ma`lumki, jahon xo`jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish va 
rivojlantirish muxim omil bo`lib hisoblanadi. SHunday ekan, hozirgi vaqtda bozor 
iqtisodiyoti talablariga to`liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni 
yo`lga qo`yish katta ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimizda mustaqillik e`lon qilingandan kyoyin ilgor davlatlarning 
tajribasini, shuningdek Respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini, halqimizning 
aql-zakovati, urf-odat, an`analari, turmush tarzini hisobga olgan holda millatimizga 
xos iqtisodiy islohotlar yo`li belgilab olindi. 
«Biz tanlab olgan yo`l, — deydi I. Karimov,—ijtimoiy yunaltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. 
Aynan shunday yo`l o`zbekistonliklarning munosib turmush kechirishi uchun 
kafolat bo`la oladi, milliy an`analar va madaniyatining rivojlanishini, ma`naviy, 
axloqiy qadriyatlarining qayta tiklanishini ta`minlaydi»
1

Ushbu yo`lni amalga oshirishda Prezidentimiz I.Karimov asarlarida atroflicha 
ilmiy ishlab chiqilgan beshta muhim va mashhur tamoyil asos qilib olindi. Davlat 1) 
iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish; 2) murakkab qilish davrida davlatning 
o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur; 3) butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni 
qonunlarga asoslanmog`i zarur; 4) fuqarolarni ximoyalashga qaratilgan kuchli chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 5) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish. 
SHuni g`urur bilan qayd etishimiz joizki, Prezidentimiz tomonidan ishlab 
chiqilgan islohotlar kontseptsiyasi izchil ravishda hayotga tatbiq etilishi natijasida 
O`zbekiston uchun iqtisodiy ijtimoiy siyosiy, madaniy va ma`naviy yangilanishning 
keng istiqbollari ochildi. Respublikamizning jahon miqyosidagi nufuzi kundan-kunga 
oshib bormoqda. 
Jamiyatimizda sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar, mamlakatimiz uning juda 
katta tabiiy boyliklari, noyob milliy madaniy merosi va siyosiy barqarorlik dunyoning 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.:Ўзбекистон, 1995, 9-10 бет. 


barcha mintaqalaridagi davlat arboblarini, ishbilarmonlarni o`lkamizga tobora 
ko`proq jalb etmoqda. 
Bu bejiz emas, albatta. Jamiyatimizni tubdan yangilashga qaratilgan islohotlar 
kontseptsiyasi milliy manfaatlarimizdan kelib chikib, har tomonlama puxta, ilmiy 
ishlab chiqilgan. SHuning uchun ham Respublikamizda o`tkazilayotgan islohotlar 
turli davlat raxbarlari, siyosatshunoslari tomonidan yuksak baholanmoqda. Mana bir 
misol: YAponiyaning O`zbekistondagi sobiq favkulodda va muxtor elchisi Ukeru 
Magasaki «Shukan post» jurnalining 1995 yil 2 iyun’ sonida mazkur jur nalning 
muxbiri Takemura bilan suxbatida shunday deydi: «Agar xrzir jahondagi Prezident 
yoki Bosh Vazir lavozimidagi ;raxbarlar o`rtasida ularngshg iqti sodiy siyosat 
yurgazish iqtidori bo`yicha musobaqa uyush tirilsa, Prezident I. Karimov eng yuqori 
o`rinlardan birini egallagan bo`lardi, deyman. Janob Karimov o`z mamlakati 
iqtisodiyotini ipidan ignasigacha puxta biladigan jahondagi eng bilimdon 
raxbarlardan biridir»
2
.
Darhaqiqat I.Karimov hayotning barcha achchiq-chuchugini boshidan 
kechirgan, buyuk davlat arbobi va siyosatchi. SHuningdek, u O`zbekiston Fanlar 
akademiyasining akademigi, hozirgi davrdagi eng obro`li iqtisodchi olim. Uning 
asarlarida bayon etilgan taklif-mulohazalarning barchasi iqtisod fanining 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin