Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

“Birinchi asosiy masala” - mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
borasidagi ishlarni oxiriga etkazishdan iborat. Islohot-ning asosiy ma`nosi va kerak 
bo`lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat 
ochib berishdir. 
Ikkinchi muammo va ustun yo`nalish - iqtisodimiz tarkibini keskin o`zgartirish, ya`ni 
xom ashyo emas, tayyor mahsulot chiqarishga, uning sifati va raqobatbardoshligini 
dunyo bozori talablariga javob beradigan holga etkazish... 
Uchinchi muhim vazifa - milliy pulimiz nufuzini yanada mustah-kamlash, uning 
Amerika dollari, nemis markasi, yapon ieni kabi dunyodagi obro`li valyutalar bilan 
erkin almashuviga erishmoqdir.
“Har bir odam boy bo`lsa, davlat boy bo`ladi, har oila obod bo`lsa, mamlakat obod 
bo`ladi”.


YUrtboshimiz Islom Karimov bu fikrlarini davom ettirib, 1999 yil 27 iyulda Vazirlar 
Mahakamasining birinchi yarmida iqtisodiy islo-hotlar yakuniga bag`ishlangan 
yig`ilishida “Tadbirkorlik - yuksalish garovi” mavzuida ma`ruza qildi
.
Ushbu 
ma`ruzadagi ba`zi, muhim tomonlarini keltirib o`tamiz:
«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va yangilanish 
yo`limizdan orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiya-sidagi «O`zbekiston 
XXI asrga intilmoqda» ma`ruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot 
strategiyamizning asosiy yo`nalishlarini amalga oshirishdir». 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda 
yashayotgan har bir inson o`zi va oilasi misolida o`z farovonligi ortib borayotganini 
his qila olsin. 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, 
mamlakatimizning xalqaro obro`sini oshirish. Xonadonimiz-dagi xavfsizlik, 
barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo`layotgan har turli tahdid va xavf - 
xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir».
Umuman, «Tadbirkorlik to`g`risida»gi (1995) qonunda ta`kidlangani-dek, 
«Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar 
ishlab chiqarishga, xizmat ko`rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan 
tashabbuskorlik faoliyati»dir.
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
a) shaxsiy (xususiy) faoliyat;
b) yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo`shma 
tadbirkorlik. 
3. Tashabbuskorlik - farovon turmush asosi. Islom Karimov mustaqillik yillarida 
kadrlarning ishbilarmonlik faoliyatini 3 toifaga ajratib ko`rsatgan edi: 1) bu hozirgi 
og`ir vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qiladigan, faqat o`z manfaatini 
o`ylaydigan, xalq g`ami, tashvishidan begona kishilar. 2) Befarq, loqayd odamlar 
bo`lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan 
kishilar. 3) YOsh, tashab-buskor, kuch-g`ayratga to`la, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik 
bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Umuman, bugungi tashabbuskor xodimlar oldiga puxta bilim, xorijiy mamlakatlar 
tajribasi va chet tilini egallash, iste`dodli, iymonli, adolatli, mas`uliyatni his qilish 
kabi bir talay talablar qo`yilmoqda.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy - ma`naviy qadriyatlarga e`tibor berishda 
quyidagilarga diqqat qaratmoq kerak:
1. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari asosida an`anaviy madaniyatga 
qaytadan baho berish lozim.
2. Dunyoviy mezonlardan kelib chiqish zarur. Bunda:
a) mantiq talablari va qoidalariga mos yondashuv darkor.
b) tajriba (eksperiment) sinovidan o`tgan bilimlarga asoslangan mezonlarga
tayanish kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy-ma`naviy qadriyatlar insonlar-ning ijtimoiy 
manfaatlariga bo`ysundiriladi. Gelvitsiy: «Tabiat tabiiy qonunlar orqali boshqarilsa, 
jamiyat ijtimoiy manfaatlar qonuniyatlari asosida boshqariladi», degan edi. 


An`anaviy madaniyat va «milliy-ma`naviy qadriyatlar»ni eskicha inkor etishning 
milliy g`oyaga zidligi.
«An`ana» - o`tmishning keajakka meros qoladigan, avloddan avlodga 
o`tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo`ladigan moddiy va 
ma`naviy qadriyat. «Madaniyat» (arab. «madina» va «iyat» - shaharga oid ta`lim-
tarbiya ko`rganlik) - turlicha talqin etiladigan, murakkab va ko`p ma`noli tushuncha. 
An`anaviy madaniyat manbai abadiy emas, ijtimoiy muhitlar, jarayonlar, siyosatlar 
natijasida o`zgarib boradi. An`anaviy madaniyatning jamiyat hayotidagi o`rnini 
belgilab olishda tarixiy taraqqiyot bosqichi ta`sirida o`zgarib borgan an`ana, urf-odat, 
moddiy va ma`naviy boyliklarga yangicha mezonlar orqali yondashmoq kerak. 
Xalqimiz tarixida ana shunday «an`anaviy madaniyat»ni saralash bosqichlari 3 ta 
tarixiy davrni bosib o`tgan.
1. «An`anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri ibtidoiy mifo-logik 
ta`sirlar ostida shakllangan an`nalar, qadriyatlarga yangicha mezon orqali baho berish 
davri. 
2. Islom qadriyatlari mezonining qaror topishi bilan bog`liq bo`lgan 
an`anaviy madaniyat.
3. Dunyoviy fanlar ta`siri ostida shakllangan hozirgi zamon an`ana-viy 
madaniyatlari.
Bu bosqichlarning har bir davri haqida qisqacha to`xtalamiz.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin