Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

2. An`anaviy qadriyatlarni saralashning ikkinchi davri Islom dinining 
tarqalishi bilan bog`liq. Har qanday g`oyalar tizimi o`z davri jamiyatining ijtimoiy 
talablari asosida vujudga kelib ijtimoiy taraq-qiyotning keyingi davr ijtimoiy muhit 
talablariga javob berolmay qolishi bu hech mubolag`asiz ijtimoiy qonuniyatdir. 
Insoniyatga va uning keyingi taraqqiyotini yangi-yangi mezonlar bilan ta`minlagan 
yozma yodgorligidagi zalvorli g`oyalar jamiyatning to`laqonli keyingi taraqqiyoti 
uchun yagona mezon bo`la olmay qoldi.
Islom dini SHarq ma`naviyatining keyingi takomillashuvi uchun o`ta qat`iy 
belgilangan talablar va uning muvaffaqiyatli echimi uchun yangi-yangi mezonlari 
bilan dunyo sahnasiga ko`tarildi. Bu davrga kelib, mavjud ijtimoiy tizimning 
o`zgarishi bilan bog`liq holda o`tmish an`anaviy qadriyatlariga yangicha mezonlar 
orqali baho berish va saralash davri boshlandi. Masalan, Otashparastlikdagi o`lgan 
murdaning suyagini etidan tozalash jarayoni bilan bog`liq dahshatli manzaralar, 
nikoh, oila va mulkiy vorislik va boshqa ko`plagan jihatlar bilan bog`liq an`analarni 
qayta ko`rib chiqish tarixiy ehtiyojga aylangan edi. Huddi ana shu va shunga 
o`xshash tarixiy ehtiyojlarni qoniqtira oladigan mafkura bo`lib Islom g`oyalari tarix 
sahnasiga ko`tarildi.
SHarq xalqlari tafakkuri Islom g`oyalari tomonidan egallanishi dunyoni 
anglashning alohida jarayonini vujudga keltirdi. Islom ideallari va kategoriyalari 
hamda ularning mazmuni diniy xarakterga ega bo`lib, o`zidan oldingi diniy-
mifologik qarashlarga nisbatan ham o`ta g`ayri tabiiyligi hamda bir tomonlamaligi 
bilan ajralib turadi. O`zida mintaqaviy va jahon dinlari tajribasini o`zlashtirib olgan 
bu din jamiyatning barcha tomonlari va musulmonlarning ichki dunyosini ham 
egallab olib, ularga o`z e`tiqod talablarini tiqishtirar edi.
Musulmonlar uchun islom ideallari asosida yaratilgan obrazlar orqali dunyoni 
idrok etishdan boshqa har qanday o`zgacha qarashlarga yon bermasligi bilan ham bu 
din farqlanadi. Islom rivojlangan o`rta asr jamiyatlarining talablariga moslashgan va 
har qanday muammolarning echimini topa olgan g`oyalar tizimi bo`lib qaror topdi. 
Lekin Islom ideallari va mezonlari yangi davr jamiyatlarining talablariga javob 
berolmay qoldi. CHunki jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi harakatlan-tiruvchi 
kuchlar o`zgardi. 
YAngicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topa bosh-ladi. 
Bunday sharoitlarda o`rta asrchilikka mos qoliplar, an`anaviy andozalarni yangi 
sharoitga moslab o`zgartirishning uddasidan chiqishning o`zi bo`lmas edi. Bunday 
moslashish asrlar mobaynida haqiqatning yagona manbasi deb ishontirilib kelingan 


mezonlarning o`zgarishi islomiy tasavvurlar tizimini tutib turgan asoslarning 
to`g`riligiga shubha uyg`otar edi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin