Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Qo`shimcha adabiyotlar. 
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998. 
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston, 
1999. 
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent: 
Mehnat, 2000. 
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994. 
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000. 
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent: 
O`zbekiston, 1997. 
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999. 
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004 


9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent: 
O`zbekiston, 2004. 
11-Mavzu: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni tarbiyalashdagi 
ahamiyati. 
Reja: 
1. Din – ijtimoiy ongning alohida shakli.
2. E`tiqod – diniy qarashlarning asosi.  
3. Jahonning asosiy dinlari va ularni xalqlar ma`naviy hayotiga ta`siri. Islomiy 
qadriyatlar.  
4. Mustabidlik sharoitida diniy qadriyatlarning ahvoli.  
5. Mustaqillik sharoitida din.  
6. Diniy bag`rikenglik – jamiyatimiz ma`naviy rivojlanishining zaruriy sharti. 
Din tushunchasi o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo`lib, ishonch, inonmoq 
ma`nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi 
narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, 
ularni o`ziga xos tarzda aks ettiradigan ma`naviy e`tiqod va amalning bir turidir. 
e`tiqod so`zi ham arab tilidan kirib kelgan bo`lib, chuqur, mustahkam ishonch 
ma`nosini anglatadi- Demak, diniy e`tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, 
maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya`ni diniy ta`limot nuqtai nazardan "din", 
"diniy e`tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma`nosi, maqsadi 
va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo`lgan, uni go`yo 
yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to`g`ri", "haqiqiy", "odil" hayot 
yo`llarini ko`rsatadigan va o`rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda 
etadigan maslak, qarashlar, ta`limotlar majmuidan iboratdir. 
Arab istilochilari O`rta Osiyoni egallab olgandan so`ng islomni joriy qilish 
bilan o`z yozuvlarini ta`lim-tarbiya, odob-axlokdarini va shu bilan birga arab 
madaniyatini olib keldilar. Islomgacha bo`lgan dinlar bilan bog`liq yozuvlarni, toat-
ibodat buyumlarini yo`q kllishgan. Ibodatxonalar o`rniga masjidlar qurilgan, arab 
alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili 
hisoblangan. Bu haqda Beruniy o`zining "Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" 
asarida yozishiga ko`ra, Xorazmda arab lashkarboshisi qutayba islomgacha bo`lgan 
din bilan bog`liq yozuvlarni yaxshi biladigan va o`z bilimini boshqalarga 
o`rgatadigan kishilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo`q qilib yuborgan
19

Islomgacha "din" so`zining o`rniga "tangri yo`li", "unga ishonch" iboralari 
qo`llanilgan bo`lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo`lgan diniy e`tiqodlariga 
binoan "tangri" butun olamni, insonni yaratgan, "yuksaklik", "eng baland", 
"bahaybat" degan ma`nolarni ham anglatgan. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g`oyaviy sabablarga ko`ra diniy 
dunyoqarashlar to`la hukmron bo`lgan sharoitlarda qar qanday ilg`or tabiiy, ilmiy, 
jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, 
mohiyati masalalarini chetlab o`ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari 
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni 
Forobiy va Beruniyning dinga bo`lgan munosabatlarida ko`rishimiz mumkin. 
19
+аралсин: Беруний. "+адимга Хал=лардан =олган ёдгорликлар". Танланган асарлар, Т. I – Б. 72. 


Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" 
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o`rganishga 
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog`lanishlarini aniqpash 
orqali o`rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), 
ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e`tiqod qilishga chakirish 
yo`li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog`lanishlarining 
moddiy asosini o`rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy 
bilish, o`z mohiyatiga ko`ra, diniy bilishdan ustivordir. 
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar" 
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo`lib, 
bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o`rganish 
mumkin bo`lmagan joyda qo`llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e`tiqodga, ilmiy bilim esa 
dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o`zi esa butkul dalillarga asoslangan 
bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda 
dinning ta`sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar 
orqali ilmiy bilimni din ta`siridan xalos etishga g`oyat o`rinli harakat qilganlar. Ular 
dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar. 
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funktsiyani boshqaradi. Bular 
qatoriga kompensatorlik, to`ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ 
(nazrat qiluvchilik), kommunikativ (aloqa bog`lovchilik), legitimevchilik 
(qonunlashtiruvchilik) funktsiyalar kiradi. 
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo`lgan din xalqlar hayoti 
bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga 
keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy 
vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining 
yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanib muayyan qolipga tushib, har 
biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan. 
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funktsiyasining qg`sqacha ta`rifi va 
tavsiflari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin