Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

BERUNIY 
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) jahon fani va 
madaniyati tarixida yorqin siymolardan hisoblanadi. Beruniy o’z zamonasining buyuk 
mutafakkiri, olimlar peshvosi bo’libgina qolmay, balki hamma zamonlarning eng 
ulug’ allomasidir. 
Beruniy bilan G’aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy 
(1077 yilda vafot etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalarning 
mohiyaini aniqlashda, handasa va falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning 
zamonida unga tenglashadigan hech kim yo’q edi. XIII asrda yashagan yirik 
olim YOqut Hamaviy ta`biri bilan aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng 
keladigan boshqa odamni ko’rmadi. 
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini ilmu fan asoslarini 
o’rganishga sarfladi. U o’zini qiziqtirgan masalalarni sinchiklab o’rganib mohiyatini 
bilib olishda hech erinmagan, hafsalasi nihoyatda zo’r bo’lgan. SHuning uchun ham 
SHarqda Beruniy haqida osoyishtalikni mashaqqatdan, kechani kunduzdan 
ajratmagan, kuni qalam ushlashdan, miyasi fikrlashdan, tili bayon etishdan hech 
qachon to’xtamagan, o’z taxsili va kamoloti uchun yilning hamma kunlarini bergan, 
degan gap tarqalgan. 
Beruniy nihoyatda sermahsul, ilmiy faoliyati ko’p qirrali va boy komusiy olimdir. 
Akademik I. YU. Krachkovskiy so’zi bilan aytganda, u qiziqqan sohalarni sanab 
chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarni sanab chiqish osonroqdir. 
Beruniy 160 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika, 
geografiya, geodeziya, kartografiyaga, ob-havo masalalariga, minerologiya, fizika, 
dorishunoslik, tarix va etnografiyaga, falsafaga, dinga, ritorika va musiqaga, 
adabiyotga, xullasi kalom, ilmning hamma sohalariga bag’ishlangan. Beruniyning 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya», 
«Geodeziya», «Qonuni Mas`udiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy 


qaysi bir fan bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha sohada insoniyat o’chun g’oyat 
katta, axamiyatga ega bo’lgan eng muhim ilmiy g’oyalarni o’rtaga tashlagan, ham 
SHarqdagi, ham G’arbdagi o’zidan keyingi olimu mutafakkirlarga juda katta ta`sir 
ko’rsatgan. 
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy hodisalar, 
jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi va isbotlab beradi. 
Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya`ni tuzilish va buzilishlarning, paydo bo’lish 
va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va falsafiy 
mulohazalarini maydonga tashlaydi, Tabiiy jarayonlarda bo’ladigan imkoniyat va 
voqelik, moxiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va o’zgaruvchanlik 
masalalariga katta e`tibor beradi. Odamlarning rang, su`rat, tabiat va ahloqda 
turlicha bo’lishlarining asosiy sababi, olimning ta`kidlashicha, faqat nasl-
nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — tuproq, suv, 
havo va joylarning turlichaligi hamdir. 
Borliqning abadiyligi, uning doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham 
Beruniy o’z fikrini mukammal bayon etadi. «Qadimgi halqlardan qolgan 
yodgorliklar» asarida, «Olam azaliy falak cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — deydi. 
Allomaning fikricha, er, tabiat azaldan hozirgi holatida bo’lgan emas, bundan keyin 
ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq yillar mobaynida evolyutsion o’zgarishlar 
tufayli erimizning tashqi qiyofasi, relьefi, faunasi, nabobati, ob-havosi, iqlimi bir 
necha bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’llari oldingidan boshqacha bo’lib koldi, 
quruqlikda bir vaqtlar bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil bo’ldi, ba`zilari esa yo’q 
bo’lib ketdi, tog’lar emirildi. Ava shu tabiiy sabablar tufayli o’sha joydagi sharoitlar 
o’zgarib ketdi. 
Beruniy erdagi iqlimning, mavsumlarning o’zgarib turishi quyoshning 
harakatiga bog’liq ekanligiga ham e`tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida 
Beruniy erning aylanmasligi haqidagi eskicha tasavvurlarni rad etadi va er 
aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik hodisalarga muvofiqdir, 
deydi. Mutafakkirning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida nur va 
zamon, nurning harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va qorong’ulik, 
oy nuri va quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan. 
Beruniy materiya doim o’zgarib, xarakat qilib, yangilanib, turli shaklga kirib 
turishi, moddiy narsalar va ularning xarakati abadiy ekanligini alohida qayd qiladi. 
Uning fikricha, olamda narsalar rivojlanib turadi, narsalarning nihoyasiz ravishda 
yashirinlikdan yuzaga chiqishi rivojlanishga dalildir. 
Beruniy koinotda Erdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar 
mavjudligi, harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi ilmiy fikrlarni ham ilgari 
suradi. Uningcha; tabiatda ma`lum. qonuniyat. bor, tabiatdigi hodisalarni o’sha 
qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izox etish, tushunish kerak. Tabiatda 
o’z-o’zidan maydonga kelib chiqadigan g’ayriqonuniy, tartibsiz narsa yo’q. YUzaki 
qaraganda tartibsizlikka o’xshagan hodisalar ham aslida ma`lum qonuniyat
asosida maydonga keladi. 
Beruniy Er Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga kelib, olamning 
geliotsentrik nazariyasini yoqlashga intildi. Beruniyning dunyo oldidagi eng katta 
xizmatlaridan biri shundan iboratki, u Galileydan bir necha asr oldin Erning 
dumaloq shaklda ekanligi va Quyosh atrofida aylanishi haqidagi farazni o’rtaga 


tashladi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika va jo’g’rofiya sohasidagi 
ratsionalistik fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning 
kashfiyotlarini ko’p jihatdan oldindan payqagan zdi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin