«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va
yangilanish
yo`limizdan orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiya-sidagi «O`zbekiston
XXI asrga intilmoqda» ma`ruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot
strategiyamizning asosiy yo`nalishlarini amalga oshirishdir».
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda
yashayotgan har bir inson o`zi va oilasi misolida o`z farovonligi
ortib borayotganini
his qila olsin.
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash,
mamlakatimizning xalqaro obro`sini oshirish. Xonadonimiz-dagi xavfsizlik,
barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo`layotgan
har turli tahdid va xavf -
xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir».
Umuman, «Tadbirkorlik to`g`risida»gi (1995) qonunda ta`kidlangani-dek,
«Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar
ishlab chiqarishga, xizmat ko`rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan
tashabbuskorlik faoliyati»dir.
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
a) shaxsiy (xususiy)
faoliyat;
b) yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo`shma
tadbirkorlik.
3. Tashabbuskorlik - farovon turmush asosi. Islom Karimov mustaqillik yillarida
kadrlarning ishbilarmonlik faoliyatini 3 toifaga ajratib ko`rsatgan edi: 1) bu hozirgi
og`ir vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qiladigan, faqat o`z manfaatini
o`ylaydigan, xalq g`ami, tashvishidan begona kishilar. 2) Befarq, loqayd
odamlar
bo`lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan
kishilar. 3) YOsh, tashab-buskor, kuch-g`ayratga to`la, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik
bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Umuman, bugungi tashabbuskor xodimlar oldiga puxta bilim, xorijiy mamlakatlar
tajribasi
va chet tilini egallash, iste`dodli, iymonli, adolatli, mas`uliyatni his qilish
kabi bir talay talablar qo`yilmoqda.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy - ma`naviy qadriyatlarga e`tibor berishda
quyidagilarga diqqat qaratmoq kerak:
3. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari asosida an`anaviy madaniyatga
qaytadan baho berish lozim.
4. Dunyoviy mezonlardan kelib chiqish zarur. Bunda:
a) mantiq talablari va qoidalariga mos yondashuv darkor.
b) tajriba (eksperiment) sinovidan o`tgan bilimlarga asoslangan mezonlarga
tayanish kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy-ma`naviy qadriyatlar insonlar-ning ijtimoiy
manfaatlariga bo`ysundiriladi. Gelvitsiy: «Tabiat tabiiy
qonunlar orqali boshqarilsa,
jamiyat ijtimoiy manfaatlar qonuniyatlari asosida boshqariladi», degan edi.
Dostları ilə paylaş: