Qadriyatlar falsafasi


Ma`naviyatni yuksaltirishda milliy g`oyaning ahamiyati



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Qadriyatlar falsafasi

Ma`naviyatni yuksaltirishda milliy g`oyaning ahamiyati. Milliy g`oya 
xalqning ko`nglidagi orzu-umidlarni, maqsad va intilishlarini nazariy tarzda ifoda 
etadi. Milliy g`oya mavzusi baland-parvoz mavhum orzular emas. U har bir inson, 
jamiyat oldida turgan maqsadlar ifodasidir. 


Millatning tub manfaatlari, uning o`z o`tmishiga bergan bahosi va kelajakka 
ishonchi milliy g`oyada o`z aksini topadi. YUksak ma`naviyatga, pokiza axloqqa, 
demokratiya tamoyillariga tayangan milliy g`oyalar jamiyatni rivojlanishga etaklaydi. 
Milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va 
mezonidir.
Mehnatsevarlik - ham shaxsiy, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatga 
aylangan. Milliy istiqlol g`oyasi bu qadriyatga alohida baho beradi, uni buyuk 
kelajakning ishonchli garovi deb e`tirof etadi. Demak quyidagicha xulosa qilish 
mumkin. 
1. Mehnat - inson faoliyatining eng muhim turi, farovon hayot 
kechirishning asosiy shartidir. 
2. Ta`lim inson tarbiyasida muhim o`ringa ega. 
3. Sabr - o`zbek xalqiga xos azaliy qadriyatlardan biri. 
4. Savob, muruvvat, sahovat, andisha kabi tushunchalarda insoniy mohiyat 
mujassamlashgan. 2004 yil «Mehr va muruvvat yili», 2005 yilning «Sihat-
salomatlik» yili deb nomlanishi, bozor munosabatlari rivojlana-yotgan hozirgi davrda 
bu axloqiy qadriyatlarning ahamiyati oshib bormoqda. 
5. Halollik - insoniyat yaratgan eng olijanob axloqiy fazilatlardan biri. 
6. Odillik va haqiqatparvarlik, rostlik va to`g`riso`zlik, jamiyatda «butun 
hayotimiz va faoliyatimizning bosh g`oyasi» bo`lgan adolat va haqiqat-ning namoyon 
bo`lishidir. 
Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelayotgan milliy ma`naviy 
qadriyatlar milliy g`oyaga ma`naviy zamin, negiz bo`lib xizmat qilmoqda. Unga xalq, 
millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta`sirli milliy mafkura kerak. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin