Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

ZAMAXSHARIY 
Buyuk mutafakkir Abul Qosim Mahdum ibn Umar ibn Muhammad az-
Zamaxshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning katta qishloqlaridan biri 
Zamaxsharda tavallud tottgan. U tibshunoslik, lug’atshunoslik, adabiyot, aruz, 
jo’g’rofiya, safsir, hadis, fiqh va qiroatga oid ellikdan ortiq asarlar yaratgan 
bo’lib, ularning aksariyati bizgacha etib-kelgan. 
Az-Zamaxshariy arab tili va adabiyotini o’zining chuqur tahlil va ilmiy 
mazmunga ega asarlari bilan boyitdi. Uning asarlari ilm-fanning ko’pgina sohalarini 
qamrab olgan bo’lib, mazmuniga ko’ra asosan quyidagi guruhlarga bo’linishi 
mumkin: a) diniy ilmlar va ulamolar haqida; b) lug’atshunoslik; v) grammatika 
(nahv); g) aruz; d) adabiyot; e) mantiq. 
Tilshunoslik va grammatikaning turli jihatlariga oid asarlar az-Zamaxshariy 
ijodida salmoqli o’rin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid «Al-
mufassal» (1121 yil) nomli asari arab tili nahvu sarfini o’rganishda yirik 
qo’llanma sifatida azaldan Mashriqu Mag’ribdan shuhrat topgan. Hatto SHom 
(Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim az-Zamaxshariyning ushbu 
asarini yozib olsa unga besh ming kumush tanga pul va sarupo qilishga va`da 
bergan. YAna bir asari «Muqaddimat ul adab» to’g’risida «Hzbek tili
uchun bu asar, butun dunyoning xazinasi bilan barobardir, — degan edi
Sadriddin Ayniy Olimning «Notiqlik asoslari» asari lug’atshunoslik sohasiga,
«Ezgulik bahori va yaxshilar» asari esa pan-du nasihat, hikmatlarga bag’ishlangan 
bo’lib, insonning komilligiga xizmat qiladi. 
Olimning «Tog’lar, joylar va suvlar xaqida»gi asari o’zining umr bo’yi gosh 
izlab, sayyoxlik qilib yurgan paytlaridagi taassurotlari majmuidan iboratdir. 
Az-Zamaxshariy chuqur bilimi va fanning turli sohalariga oid o’lmas asarlar 
yaratganligi sababli hali hayot vaqtidayoq butun musulmon SHarqida uni xurmat 
va mehr bilan «Ustoz ut-dunyo («Butun dunyoning ustozi») «Ustoz ul Arab va al-
Ajam», ya`ni «Arablar va G’ayri Arablar ustozi», «Faxru Xorazm», «Xorazm faxri» 
kabi nomlar bilan ataganlar. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin