partiya qo’mitalari tomonidan oldindan belgilab qo’yilardi. Hattoki saylov
komissiyalarining a`zolari ham partkom byurosi tasdiqlanib qo’yilardi. Saylov
byulletenida bitta o’ringa kitta nomzod kiritilardi. Aslida bu – saylov emas, balki
KPSS tomonidan ko’rsatilgan nomzod uchun ovoz berish edi. Lekin saylovlarni eng
demokratik saylov deb ovoza qilinardi.
Kapitalistik mamlakatlarda inson ha-huquqlari va erkinliklari oyoq osti
bo’linganligi haqida gapirildi, o’zimizdagi yutuqlarni esa mutloqlashtirdik, afsuski
bizda o’sha kezlarda, sovet jamiyatida insonning qadr-qimmati istalgancha oyoq osti
qilinayotgan edi. Aybsiz kishilar aybdor bo’lib qolshdi, huquq tartibot, qonun-
qoidalar suiste`mol qilingan edi. Amalga oshmagan da`vatlar va va`dalar shu qadar
ko’p bo’lardiki, oqibatda ularga hech kim ishonmay qo’ydi. Sotsialistik tuzumning
insonparvarlik mohiyati yo’qqa chiqarila boshlandi.
Ma`lumki, har bir insonda, uning oila a`zaolari, ota-ona, aka-uka, opa-singlik,
tog’a-jiyan hayoti, xotiralari bilan bog’liq bo’lgan har xil qadriyatlar mavjud. Mazkur
qadriyatlarga ulardan qolgan noyob dgorliklar, buyumlar, kiyim-kechaklar,
qimmatbaho bezaklar, kitoblar, rasm-suratlar, xatlar-maktublar kiradi.
Ularni avaylab asrash, qadrlash katta tarbiyaviy, ma`naviy ahamiyatga ega. O’z
avlodining shajarasini, tarixini, hayotini yaxshi bilish oila a`zolarida milliy g’urur
tuyg’usini qo’zg’atadi, avlodlar o’rtasida vorislikni saqlab qolish, tug’ilgan zaminga,
vatanga sadoqatli bo’lish kabi fazilatlarni shakllantirishda katta vosita bo’lib xizmat
qiladi.
Afsuski, mustabid xokimiyat tomonidan olib borilgan zo’ravonlik va
g’ayrinsoniy siyosat tufayli xalqimiz ana shu qadriyatlardan etildi. Xalq dushmani,
boy, quloq deb otib o’ldirilgan, qatag’on qilingan zotlarning oila a`zolari o’zlarining
kim ekanliklarini yashirib kelishga majbur bo’ladilar. Ko’plab kishilar esa ota-onalari
xoki yotgan zaminni tark etib, boshqa yurtlarga chiqib ketishga majbur bo’ladilar.
Bor bisotidan butunlay mahrum etilgan kishilar jonlarini omon saqlab qolish
maqsadida dunyoning turli tomonlariga qarab bosh olib chiqib ketadilar, tarki Vatan
qildilar. Qachandan-qacha turkistonliklar boshiga g’ariblik kulfati, musofirlik
tashvishi tushdi. Muhojirlikda yashagan qarindosh-urug’lari bilan aloqa qilib turushi
ham taqiqlangan edi.
Mustabit tuzum o’tmishida keng tarqalgan, kishilar ongida saqlanib qolgan
«eskilik qoldiqlariga qarshimurosasiz kurash olib borish» degan sohta g’oyalardan
kelib chiqib, xalqimizni ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an`analaridan judo qilishga
intilib keldi.
Ma`lumki, milliy urf-odat, an`analar va udumlar ming yillar davomida yaratilgan
va xalqning turmush tarziga, kundalik ehtiyojiga aylanib ketgan. Xalq unga amal
qilgan, uni buzmagan, o’z millatini, tilini, milliy birligini saqlab qolgan. Udumlar
millatning hayot tomiri, mustahkam ildizlaridir. G’animlar millatni yo’qtish uchun
ana shu mustahkam ildizni yo’q qilishga harakat qilishgan.
Xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan udum an`analarni,
turli bayram-marosimlarni, xattoki, do’ppi, sumalak, beshikni cheklab qo’yishu chun
turli xil bahonalarni o’ylab topdilar. «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli»
gap-gashtaklar, ko’pkari, «Dorboz» xalq tomoshalari, mushoiralar, aksiyabozliklar
sun`iy ravishda o’ylab chiqilgan boshqa bayram va marosimlar bilan zo’rlab
almashtirildi. Diniy bayram deb ayblangan «Navro’z» yo’qotildi. «Navro’z» bilan
birga Qurbon va Ramazon hayitlari ham ta`qiqlab qo’yilgan edi. «Qur`on» qoralanib
kelindi, islom dini Xalq uchun afyun deb kelindi.
O’zimizni butun dunyoga dahriylar mamlakati deb e`lon qildik. Diniy
adabiyotlarni chop etish man etildi. «Diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi» bahonasida
Naqshbandiy, Buxoriy, YAssaviy, Boqirg’oniy, So’fi Olloyor kabi musulmon
olamida mashhur bo’lgan olimlarning asarlari ta`qibga uchradi.
Masjid va madrasalarning bo’lib tashlanganligi dinga sadoqatli bo’lgan
kishilarning nozik his-tuyg’ularining oyoq osti qilinishiga sabab bo’ldi. O’tmishni
qoralab xadeb yomonlaverib, badnom qilib, oxir-oqibatda kattani hurmat, kichikni
izzat qilishni unutdik. Odamlardan imon-e`tiqod ko’tarila boshladi. Boyligi va
mansabiga qarab odamlarni hurmat qilish odat bo’ldi.
Ota-bobolarimizning «Suvga tupurma, tabitni bulg’ama, daraxtni sindirma,
jonivorlarni bejon qilma, ularga ozod etkazma, nonni uvol qilma» degan o’g’it-
nasixatlari unutilgan, ariqlar va anhorlarga mag’zava to’kishdan, o’ralarni ahlatga
to’ldirishdan chiqindilarni daryoga oqizishdan, tabiyatni zaharlab bulg’ashdan tap
tortmaydigan bo’ldik.
Jamiyatimizda ro’y bergan va ildiz otib ketgan yaramas illatlar odob-ahloq,
ta`lim-tarbiya masalalarida yo’q qo’yilgan kamchiliklar bilan bog’liqdir, desak to’g’ri
bo’lar.
Mustamlakachilik siyosati odamlarning qalbiga va ongiga ta`sir o’tkazish
yo’lidan borib, adabiyot va sna`at asarlariga o’ziga xos yondashuvni vujudga keltirdi.
Ma`lumki, abadiy va estetik qadriyatlar kishilarni obrazlar vositasida tarbiyalashga,
ularga ma`naviy madad berishga da`vat etilgandir.
Agar bu qadriyatlar biror maqsad sari qat`iy yo’naltirilsa, avlodlarning ongida,
tarbiyasida, ularning dunyoqarshi va turmush tarzidi jiddiy o’zgarishlar yasashi
mumkin. CHorizm va bolьshevizsning g’oyaviy rahnamolari buni juda yaxshi
bilishardi. Ularning abadiy-estetik qadriyatlarimizga nisbatan tajovuzida 2 xil usul
yaqqol ko’zgga tashlanadi, ya`ni chor mustamlakachilari xalqimiz qo’lidagi noyob
qo’lyozmalarni turli yo’llar bilan egallab olib, ulardan mamlakatimizning bahramand
bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqargan bo’lsa, qizil mustamlakachilar adabiy
javoxirlarni xalq ko’zidan pana qilish, ularni boshqacha talqin qilish yo’lidan
bordilar.
Adabiyot tarixiga boylar adabiyoti (saroy feodal-klerikal adabiyoti) va yo’qsillar
adabiyoti pozitsiyasidan baho berish natijasida millatimiz mulki bo’lgan ulkan adabiy
xazina la`natlanib, xalq nazaridan soqit qilib kelindi. Saroy adabiy muhitida kim ijod
qilgan bo’lsa, uning asarlariga g’oyaviy dushmanlik yorlig’i osilaverdi. Oqibbatda
Xusayniy, Amiriy, Fazliy, Namangoniy kabi shoirlarning me`rosi qora ko’zoynak
ostida tadqiq qilindi. Ta`qiqlangan adabiy merosimizning yana bir qatlami sufiyona
ruhda yozilgan edi.
Xususan, Ahmad YAssaviyning komil insonni tarbiyalashga qaratilgan, kishini
poklashga xizmat qiladigan she`rlari, hikmatlari, So’fi Olloyorning asarlari o’ta jiddiy
ta`qiq ostiga olindi. Adabiyot ishi umumproletar ishining bir qismi deb e`lon
qilingach, sotsialistik ralizm deb nom olgan ijodiy metod va adabiy oqim
umumproletar ishni amalga oshirishnnig vositachisi bo’lib xizmat qildi.
Adabiyotnig partiyaviy qoliplarga sig’magan asarlari tanqid qilindi, mualliflari
tazyiq ostiga olindi. YAratilgan asarlar go’zallik manbai emas, balki g’oyalar
yig’indisiga aylanib qoldi. Bir-biriga o’xshash obrazlar bolalab ketdi, insoniy xis-
tuyg’ulardan yiroq «qizil» adabiyot maydonga keldi. Har qanday she`riy, nasriy
to’plam Lenin va partiya madxi bilan boshlanadigan bo’ldi. SHo’rolar davrida
haqiqiy badiiy asarlar qadr topmadi, aksincha ular yo’qotildi, madaniyatimiz
tarixidan izini o’chirishga harakat qilindi.
Dostları ilə paylaş: |