Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

IMOM AL-BUXORIY 
IX—XV asrlarda Turon zaminida Ahmad Farg’oniy, Muso Muhammad 
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Syno, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, 
Firdavsiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa jahonga mashxur 
qomusiy olimlar bilan bir qatorda islom ta`limoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan 
ulug’ ustozlar va ulamoi kiromlar ham dunyoga keldi. Islo
:
m olamida eng etuk va 
mashhur olimlardan hisoblangan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriy, Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy, Xaysam ibn Kulayb ash-
SHoshiy, Ibn Hibbon as-Samarqandiy, Jamoliddin an-Nasafiy, Imom at-Termizyy, 
Xo’ja Ahmad YAssaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja 
Ahror Vali singari buyuk zotlar shular jumlasidandir. Bu oltin asrda 
vatandoshlarimizdan shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o’rganish,
Qur`oni Qarim oyat va suralarini ilmiy sharhlab bayon etish, tafsirlash,
payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning Hadisi SHariflarini to’plab, 
tartibga solish, fikh fani—islom xuquqshunosligi, odob-axloqi, shariat qonun-
qoidalarini bayon etish va ilmiy asoslab, islom dini va falsafasini dunyo bo’ylab 
yoyishda shuhrat taratg’an buyuk olimlar birin-ketin yotishdilar. 
Aziz vatandoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 
(810—870) yoshligidayoq aql-idrokli, o’tkir zehnli bo’lib, barcha ilohiy va dunyoviy 
bilimlarni chuqur o’rganishga kirishadi. U buyuk zot o’zining asosiy z`tiborini 
hadis ilmini zo’r ishtiyoq va xafsala bilan o’rganishga qaratadi. 


Ma`lumki, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik chog’larida 
aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari va ko’rsatmalari, pandu o’gitlari ul 
zotning hadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom ta`limotida Qur`oni Karimdan keyin 
ikkinchi manba hisoblanadi. CHunki Muhammad alayhissalomning o’zlari 
hadislaridan birida: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur`oni Karim bilan 
o’zimning sunnatim—-yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq tutib, 
ularga amal qilsalaringiz to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysizlar»,—deb bashorat 
qilgan edilar. 
Payg’ambarimiz hadislariii birinchi manbalarga asoslanib, qiyomiga etkazib 
to’plash, ilmiy tartibga solysh, ularni sharhlash va targ’ib qshgash ishlari bilan juda 
ko’p olimlar shug’ullanganlar. Islom olamida ulardan sanoqlilarigina musahhih, ya`ni 
eng ishonchli hadis to’plovchi olim, deb tan olingan. Ana shularning oldingi safida 
Imom Buxoriy xazratlari turganlar. Imom, Buxoriy hadis ilmining. peshvosi, sahih 
yo’nalishining asoschisi, islom olamida eng etuk va mashhur muhaddisdir. 
O’rta asrlar musulmon SHarqida, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tasavvuf 
nomi bilan ataladigan diniy falsafiy ta`limotni yaratish, ilmiy asoslab berish, 
targ’ib-tashviq etish va olam uzra yoyishda donishmand bobolarimiz buyuk 
xizmatlarini xalqimiz, millatimiz, Vatanimiz hech qachon unutmaydi. Tasavvuf — 
insonning kamolotga etish, ilohiy hislatlarga yaqinlashish yo’lidir. Tasavvufning 
boshlanishi — ilm, o’rtasi — ish, oxiri — Allohning berganidir. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin