Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yo`sindagi
boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. qadimgi Gretsiyada paydo bo`lgan va
asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va ma`rifiy ta`limotlar tarixini uch davrga
bo`lish mumkin.
Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo`lish
davrini o`z ichiga oladi.Bu davrda siyosiy va huquqiy tasavvurlarning mifologiyadan
ozod bo`la boshlashini, ratsionallashuvini kuzatish mumkin. Bu jarayon Gomer,
Gesiod va mashxur "etti donishmandlar" ijodida o`z ifodasini topgandi. SHu davrda
davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham shakllana boshlaydi (Pifagor
va uning izdoshlari, Geraklit).
Ikkinchi davr (eramizgacha Vva IV asrning birinchi yarmi. Bu davr qadimgi
grek falsafiy siyosiy va huquqiy ta`limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit,
Suqrot, Ploton, Arastularning falsafiy, siyosiy va huquqiy ta`limoti shakllandi va
rivojlandi.
Uchinchi davr (IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixda
ellinizm davri bo`lib. Bu davrning muxim belgisi grek davlatchiligining tanazzulga
YUz tutgan davri. Grek polislari dastlab Makedoniya, so`ngra rim tasarrufiga o`ta
boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar epikur, stoiklar va Polibiy
ijodida o`z aksini topdi.
qadimgi YUnonistonda paydo bo`lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarini taxlil qilishdan boshlaymiz.
Bu buYUk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bo`lgan ijtimoiy
muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta`svirlagandir.
Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning moxiyati,
yo`nalishlari va shakllanishi eng avvlo Zevsning faoliyati bilan bog`lanadi. Bosh
Xudo Zevs barcha xudolarni iskanjaga olib, adolat o`rnatishni talab qilgan. Gomer
poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, ya`ni qattiqqo`l adolatli Bosh Xudo
obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi erdagi voqealar bilan bog`langan
holda izohlanadi. erdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir
kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo`ladi.
Gesiod (eramizgacha VIIasr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari
yanada yorqinroq ifodalangan. Uning «Teogoniya», «Mexnat va kunlar» nomli
asarlarida turli tamoyillarga ega bo`lgan axloqiy-x,uquqiy normalar ta`riflanadi va
himoya qilinadi.
Masalan, uning «Teogoniya» asarida Zevs va abadiy tabiiy tartibning timsoli
Femida nikohidan ikki qiz Dike adolat xudosi va evnomiya qonunchilik xudosi
tug`ildi. Dike adolatni himoya qiladi, uni buzuvchilarni qattiq jazolaydi. evnomiya
esa qonunchilik, tartib-intizom ilohiyat tomonidan o`rnatilgan odamlar orasida
bo`lishi shart bo`lgan qonun deb hisoblab uni himoya qiladi. Dike ham, evnomiya
ham barcha ishlarni bosh xudo-otalari Zevs buyrug`i bilan bajaradilar. Demak, adolat
ham, qonunchilik ham ilohiy manbaga ega. U Bosh xudo va boshqa xudolar
tomonidan boshqarib boriladi.
Gesiod «Mehnat va kunlar» poemasida patriarxal tuzim ideallarini himoya qilar
ekan, odamlar hayotida beshta biri-biri bilan olmashib turadigan bosqichlarini o`ziga
xos tomonlarini ifodalab beradi. «Oltin asr», «kumush asri», «mis asri», «yarim
xudo-qaxramonlar asri» va nihoyat o`zi yashab turgan asrni «temir asri» deb
baholaydi. «Oltin asr» odamlari baxtli edilar, g`am-tashvishsiz umr kechirdilar.
«Kumush asrining» qaysar, xudolarga itoat qilmagan odamlarini Zevs qirib tashladi.
«Mis asri» ning odamlari o`zaro raqobatda va chiqishmovchiliklar tufayli o`zlari biri-
birini yanchib tashlashdi. To`rtinchi «Temir asrining» qonli urushlarda yarim xudo
qahramonlari ham xalok bo`ldilar. Gesiod «Temir asrini» qora bo`yoqlar bilan
g`amgin tasvirlaydi. Mehnat og`ir, kun ko`rish qiyin, xaqiqat toptalgan, odamlar
o`rtasidan insof, diyonat ko`tarilgan.
Gomer va Gesiod ijodiga xos bo`lgan axloqiy, huquqiy tartib-intizomning
insonlar o`rtasida qaror toptirish va ularga aql nurini bag`ishlashga qaratilgan
intilishlar keyinchalik etti donishmand faoliyatida davom ettirildi. Bu etti
Dostları ilə paylaş: |