Qadriyatlar falsafasi


IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining 
qulashi bilan birga antik davr ham tugadi, o`rta asrlar boshlandi. Ming yildan 
ko`proqvaqtning o`z ichiga olgan bu davr feodalizmning paydo bo`lishi, 
rivojlanishi va inqirozga uchrashi davridir. 
Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini erga bo`lgan feodal mulkchiligi tashkil 
qiladi. qirol eng katta er egasi hisoblanar edi. U o`z vassalariga er taqdim etardi
vassalar bunga javoban qirolga harbiy ko`mak ko`rsatishi va soliqto`lashlari shart edi. 
Feodallar o`z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir qatorda, hosilini ham bir 
qismini o`ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya boshlaydi. 
qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O`rta 
asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat 
absolyut monarx qo`liga o`tdi. 
Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil qilingan 
hukumat va uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli ma`lum 
hokimiyatni qo`lga kiritdilar. Natijada qirol va davlat aristokratiyasi o`rtasida 
keskinlik paydo bo`ldi. 


Bu keskinlikni bartaraf qilish yo`lida qirol paydo bo`la boshlagan uchinchi 
tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan 
absolyutizmni qo`llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham 
rivojlanib bordi. O`rta asrning ilk davridan boshlab xayotiy muammolar bilan 
qiziqishlar doirasi asosan ma`naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o`z 
hayotidagi o`ta og`ir muammolar echimini dindan izladilar. 
Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va 
iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir 
kishiga murojaat qilardi va umid berardi. erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, 
drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu 
hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi. 
Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. erdagi 
barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun 
yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar 
teng, zotan ularni Xudo o`ziga o`xshatib yaratgandir. 
Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g`oyalari 
uchun zamin bo`lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va 
ma`rifiy ta`limotlarda ham o`z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan 
vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir 
ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut 
rivojlanib bordi va 4 asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov 
o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi. 
Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni 
tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga 
muvofiq hisoblanardi. SHuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega 
bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov 
davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga 
kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar 
paydo bo`ldi. Bu evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs 
etdi. 
CHerkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov 
dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, 
o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat 
bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil 
institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash kerak 
bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar 
ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga 
ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy 
hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega 
bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus 
olishga sabab bo`lardi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin