("Podsholik") Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta`limotini ishlab
chiqdi.Avgustin fikricha inson Xudo yaratgan eng ulug` mavjudoddir, barcha narsalar
inson uchun yaratilgandir. Inson esa panoh izlaydi. Insonning ichki dunyosi turli- his
tuyg`ular, iroda, istaklarning kurash maydonidir, panoh topishga bo`lgan istak
sohasidir. Biroqinson o`zining ichki dunyosini boshqarishga qodir emas. U
marhamatga, ilohiy yordamiga muhtojdir. Inson erkin irodaga ega bo`lsada,
Xudoning panoh topish rejasining bir bo`lagidir xolos.
CHerkov ma`lum ma`noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin
"podsholigi" ni o`zida ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin
podsholigini bo`lishi shart va zurur deb biladi. Insonning tabiati gunox qilish
oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash uchun zarur deb
hisoblaydi. Xatto gunox bo`lmagan taqdirda ham jamiyatda ma`lum tartib va
boshqaruv shakli bo`lishi kerak.
Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi.
Xalq, Xudoning irodasiga bo`ysunishi shart bo`lgani bois, bu hukumdorlarga xam
bo`ysunishga majburdir. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo
podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barcha
a`zolari bir vaqtning o`zida ham papaning, ham imperatorning fuqarolaridirlar, deydi
Avgustin.
Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular bir
xilda qonuniydir, degan ta`limotni ilgari surib
5 asrda Papa Gelasiy I maydonga
Dostları ilə paylaş: