Qadriyatlar falsafasi


Jan Boden (1530-1596) frantsuz siyosiy mutafakkiri



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Jan Boden (1530-1596) frantsuz siyosiy mutafakkiri, huquqshunos, advokat, 
prokuror lavozimlarida ishlagan. Uning asosiy asari "Davlat haqida olti kitob» deb 
nomlanadi. Bu asarda u siyosiy fikr tarixida birinchi bo`lib davlatning muxim belgisi 
suverenitetga izoh beradi. 
Davlat bu oilalar majmuidir, deb ta`rif beradi. Boden shu bilan birga davlatning 
oiladan jiddiy farqqilishini ham ta`kidlaydi. Bu farqdavlat hokimiyatining oliy 
suveren xarakterligidadir. Suveren hokimiyat davlatning muhim va zaruriy 
xossasidir. Davlat hokimiyati xech kimga qaram bo`lmagan oliy hokimiyatdir. Boden 
suveren hokimiyatning belgilarini ko`rsatadi. Suverenitet yagona va bo`linmas: u 
qirol va xalqo`rtasida bo`linmaydi. Suverenitet xokimiyatning muntazamligini 
bildiradi. Uni vaqtincha yoki ma`lum shart bilan boshqaga topshirish mumkin emas. 
Suverenitet yagona va bo`linmas bo`lganligi uchun doim bir shaxs yoki bir 
majlis qo`lida bo`ladi. Suverenitet yo qirol, yo aristokratiya, yo xalqqo`lida bo`lishi 
mumkin. U bir necha turli organlar o`rtasida tahsimlanmaydi, yoki navbat bilan 
undan foydalanilmaydi. 


Bodenning suverenitet haqidagi ta`limoti feodal tarqoqligiga qarshi qaratilgan 
bo`lib, Frantsiyada markazlashgan davlat vujudga kela boshlagan vaqtida paydo 
bo`ldi. U cherkovning dunyoviy hokimiyatga ega bo`lish uchun qilgan harakatlariga 
qarshi qaratilgan edi. Boden davlat shakllari ichida monarxiyani afzal ko`radi. 
Demokratiyani mutloqrad qiladi. Uning aytishicha, xalqgo`yo to`g`ri qarorga 
kelishiga qodir emas, demokratiya anarxiyaga olib keladi. 
Boden monarxiyani eng yaxshi davlat shakli deb biladi. Monarxiyadagina bir 
butun va bo`linmas davlat hokimiyati mavjud. Birlik bo`lmagan joyda oliy xokimiyat 
ham yo`q. Davlat hokimiyatining birligini ta`minlovchi birdan-bir davlat shakli 
monarxiyadir. Davlat hokimiyatini ustida turgan monarx qarama-qarshi davo va 
intilishlarning bir-biriga kelishtiradi va qarama-qarshi elementlarning uyg`unlashgan 
birligini yaratadi. qonuniy monarxga bo`ysunishni targ`ib qilish bilan birga, Boden 
tiraniyaga qarshiligini bildiradi. Zo`ravonlik yo`li bilan hokimiyatga kelgan kishi 
tirandir. Unga qarshilik ko`rsatish, uni og`darish, xatto o`ldirib tashlash xam man 
qilinmaydi, deydi Boden. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin