Qadriyatlar falsafasi


taraqqiyotidagi katta ilmiy yangilikdir



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

taraqqiyotidagi katta ilmiy yangilikdir
Bizning hozirgi burchimiz — I.Karimov asarlaridagi yangicha g`oyalarni 
sinchiklab o`rganib chiqib, xalq urtasida keng targib-tashviq etish. CHunki, har 
qanday yangi g`oya ommaning ongiga singsa, hayotda chuqur ildiz otsagina, real 
voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi. 
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan izchil tub iqtisodiy o`zgarishlar biz tanlab 
olgan yo`limizning tug`ri ekanligidan dalolat beradi. Respublikamiz bozor 
munosabatlarini qaror toptirgan holda iqtisodiy islohotlar yo`lidan dadil qadam 
tashlamoqda. 
Islohotlar natijasida iqtisodiyotimizda ko`zga ko`rinarli ijobiy o`zgarishlar 
sodir bo`moqda. Ayni kunda dastlabki yillarda yuzaga kelgan ishlab chiqarish 
sur`atlari pasayishining oldini olish bilan bir 
qatorda, ayrim sohalarda o`sish, yuksalish boshlandi. 2005 yilga kelib, 
iqtisodiyotning barqaror o`sishi ta`minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik 
kuchaydi. YA`ni, yalpi ichki mahsulot 7,7 %ga o`sdi. Jumladan: sanoat ishlab 
chiqarish hajmi -9,4 %, ist`emol mollari ishlab chiqarish – 13, 4%ga, sanoat tovarlari 
ishlab chiqarish – 18,6%ga o`sdi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o`rta kichik va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish muxim ahamiyat kasb etadi. 2005 yilda mamlakat iqtisodiyotida kichik 
biznes va xususiy tarmoq ko`lami hamda hajmi salmoqli darajada o`sdi. Kichik 
biznes korxonalari soni o`tgan yilda 14 %ga ko`paydi. 
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 425 mingdan ziyod ish o`rinlari 
tashkil etildi. Bu 2003 yilga nisbatan 14%ga ko`p demakdir. Kichik biznesning yalpi 
ichki mahsulotdagi ulushi ortdii va 2004 yilda 35,6 %ni tashkil etdi
3

2
“Халқ сўзи”, 1995, 22 июнь 
3
Каримов И.А.Бизнинг бош мақсадимиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация 
ва ислоҳ этишдир.-Т.:Ўзбекистон, 2005, 33-34-бетлар. 


O`zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy 
va ishlab chiqarish-texnika qudratiga ega. Mamlakatimiz korxonalarida, ilmiy hamda 
ilmiy-ishlab chiqarish, loyiha konstruktorlik va boshqa tashkilotlarda asosan yuqori 
malakali, bilimdon mutaxassislar mehnat qiladi. 
Mana shunday qudratga ega bo`lgan mehnatkash xalqimiz o`tmishda ancha 
nochor kun kechirib keldi. Buning sababi shundaki, Respublika iqtisodiyoti sobiq 
SSSR yagona iqtisodiy tarmog`ining ajralmas qismi deb xisoblanib faqat xom-ashyo 
etkazib beradigan o`lkaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz ehtiyojlarini qondirish uchun 
zarur bo`lgan iste`mol mollari boshqa respublikalardan keltirib berilardi. Natijada 
respublikamiz Markazga to`liq qaram bo`lib qolgan edi. 
Hayot shuni ko`rsatdiki, faqat xom-ashyo etishtiruvchi va sotuvchining kosasi 
oqarmaydi, u surunkali nochorlik ka giriftor bo`ladi. SHuni hisobga olgan holda, 
respublikamiz o`ziniig barcha imkoniyatlari va rezervlarini to`g`ri hisobga olib 
chiqib, O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini ta`minlash imkonini 
beruvchi tuzilmani vujudga keltirishni, o`zimizning mustaqil iqtisodiy sistemamizni 
yaratishni asosiy maqsad kilib quydi. 
Endilikda tabiiy qadriyatlarimizdan ayovsiz foydalanishga, atrof-muxitga ziyon 
etkazilishiga yo`l qo`ymaslik O`zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama— xom-
asheviy yunalishiga qat`iy bardam berish Respublika ichki siyosatining eng muqim 
strategiyasi hisoblanadn. 
«Xalq xo`jaligining xom-ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish, — deydi I. 
Karimov, — Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror va jo`shqin rivojlanishini 
ta`minlash imkonini beradi, ish bilan ta`minlanmagan ishchi kuchlarini ishlab 
chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb-korlik savodini oshirishga, maqsulotlarni 
keltirish va chetga chiqarishni mutanosiblashtirishga ko`maklashadi, eng asosiysi—
O`zbekistonning mustaqilligi, uning xalqi turmush darajasining o`sishi uchun 
ishonchli kafolatlar yaratadi»
4

Mazkur siyosatni amalga oshirish niyatida hozirgi kunda xukumatimiz 
Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, import xajmlarini 
kamaytirish va eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga 
qaratilgai siyosatni muntazam ravishda amalga oshirmoqda. endilikda biz xorijdan 
keladigan sarmoyalarga qaram bulib o`tirmasdan o`z ichki imkoniyatlarimizni ishga 
solib iqtisodiyotni rivojlantirishimiz darkor. 
SHuningdek, hozir ustuvorlik tarmoqlarini, ya`ni neft’ va gaz sanoati, 
elektenergetika, mashinasozlik va kimyo sanoatini tezkorlik bsh:an rivojlantirilib, 
tarmoqlar va mintaqalararo nomutanosiblikni qisqartirishga e`tibor kuchaytirilmoqda. 
Tabiiy, moddiy kadriyatlarimizdan unumli foydalanishda mulkiy 
munosabatlarni tubdan o`zgartirish katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e’tiborga olgan 
holda Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, uni haqiqiy egalari 
qo`liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo`l ochib berish va mulkdorda 
mulk egasi xissiyotini tarbiyalashga qaratilgan ishlar rivoj topmoqda. Bunda o`rta-
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish qo`l kelayotir. «Xususiy tadbirkorlik va 
tashabbusni qo`llab-quvvatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi, «Biznes fond» 
amaliy aloqalar markazi, «Madad» sug`urta jamiyatining to`zilishi kichik 
tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
4
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.:Ўзбекистон, 1993, 73-бет.


Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni 
kengaytirish, uning sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga 
etkazish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan 
tarkibiy strukturaviy o`zgarishlar qo`l kelmoqda. 
O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloqda tub islohotlar o`tkazish, 
qishloq xo`jaligini taraqiy qildirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini 
oshirish muhim omil bo`lib hisoblanadi. Bu soxada ham keyingi vaqtda ancha ijobiy 
o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Birinchidan, xukumatimiz qishloq xo`jaligida band 
bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini boshqa sohalarga jalb etishga harakat kilayotgan 
bo`lsa, ikkinchidan, qishloq joylariga sanoatni olib borish va keng joriy etish, kichik 
va o`rtacha korxonalarni kurish, yangi ish joylarini yaratish ishlari avj olib bormokda. 
Hozirgi kunda qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatish tarmog`ini keng rivojlantirish
kichik biznesga, xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berish — iqtisodiy 
islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy garovi bo`lib turibdi. 
SHuningdek, «bugungi kunda makroiqtisodietni barqarorlashtirish bilan bir 
qatorda milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`liq almashadigan 
bo`lishiga erishish... bizning asosiy vazifamizdir»
5
. Bu borada, birinchidan, aholining 
ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltirilayottan mollar bilan raqobat qila 
oladigan o`z maxsulotlarimizni ishlab chiqarishimiz kerak bo`lsa, ikkinchidan, 
eksport qilinadigan mollarni ko`paytirib, valyuta zahiralarini to`ldirishga, 
uchinchidan, yonilg`i energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat 
maxsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarishni 
ta`minlashga asosiy e`tibor qaratilmog`i lozim. 
YUqorida aytilgan va boshg`a qilayotgan ishlar iqtisodiyotimizni tarkibiy 
jihatdan yangilab, uning samaradorligini oshirib, xalqimiz turmush tarzini yanada 
yuksaltirishga keng imkoniyat ochib beradi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek: 
«Tuzilmalarni qaytadan yangilamasdan turib, o`z iqtisodiyotimiz va ishlab chiqarish 
kuchlarimizga suyanmasdan turib, biz iqtisodiy mustaqillikka erisha olmaymiz, 
mehnatning xalqaro taqsimotidagi o`z munosib o`rnimizga, binobarin, xalqimizning 
munosib turmushi uchun zarur shart-sharoitga ega bo`la olmaymiz»
6

SHunga ham alohida e`tibor berish kerakki, yangi iqtisodiy to`zilmalarni joriy 
etishda tijorat banklari tizimi, sug`o`rta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari, 
zamonaviy kommunikatsiyalarning zarur tizimlarini jadallik bilan shakllantirish 
muxim o`rin tutadi. Mazkur masalalarni xal qilishda ham davlatimizning o`zi bosh-
qosh bulmoqda. 
Respublikamizda utkazilayotgan islohotlar—bu avvalambor institutsion 
islohotlar, ya`ni eski, mustabid iktisodiyotning qotib qolgan, g`oyat 
markazlashtirilgan tizimini yangi, erkin boshqaruvga kuchirish, ragbatlantirish va 
jonlantiruvchi tizimga aylantirish poydevori hisoblanadi. «SHu o`zgarishlarni nufuzli 
xalqaro tashkilotlar tayyorlagan maxsus dastur asosida utkazish, zamonaviy uslub va 
komp’yuterlar tizimini joriy qilish, yosh, iste`dodli mutaxassislarimizni jadal sur`atlar 
bilan xorijiy mamlakatlarda uqitib tarbiyalash diqqat e`tiborimiz markazida turmog`i 
kerak», deydi Prezidentimiz. 
5
«Халқ сўзи», 1995 йил 22 декабрь. 
6
«Халқ сўзи» 1995 йил 24 февраль 



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin