Qadriyatlar falsafasi


Milliy va mintaqaviy iqtisodiy qadriyatlarni uyg`unlashtirishda davlatlararo



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Milliy va mintaqaviy iqtisodiy qadriyatlarni uyg`unlashtirishda davlatlararo 
aloqalarning ahamiyati 
Mintaqaviy va jahon iqtisodiyotiga qushilishda davlatlararo munosabatlarni, 
jumladan, Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi bilan iqtisodiy 
aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy qadriyatlarimizni birga baham ko`rish 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita 
va ko`p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish — O`zbekiston Respublikasi tashqi 
siyosatining ustuvor yunalishlaridan biridir. O`zbekiston Hamdo`stlik g`oyasini 
qo`llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, barcha qatnashchilarning 
teng huquqliligi asosida uni mustahkamlash va rivojlantirishga o`z hissasini qo`shib 
kelmoqda. 
SHuni aloxdda qayd etish joizki, O`zbekiston MDHdagi sheriklari bilan o`z 
munosabatlarini ko`p tomonlama davlatlararo va xukumatlararo shartnomalar hamda 
bitimlar doirasida ham, shuningdek to`g`ridan-to`g`ri ikki tomonlama muloqotlar, 
o`zaro manfaatli savdo iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va madaniy aloqalarni o`rnatish 
tarafdoridir. 
Ana shunga kat`iy amal kilib, Respublikamiz o`zimizga qo`shni Markaziy 
Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish sohasida ko`p ishlarni 
amalga oshirmoqda. 
Ma`lumki, Markaziy Osiyo Respublikalarining tarixi, madaniyati, turmush 
tarzi va boshqa jihatlari bir-biriga nihoyatda o`xshash. Ularning hozirgi kundagi 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik muammolari ko`p jihatdan bir xildir. Mazkur 
Respublikalarning iktisodiyoti bir-biri bilan tutashib ketgan va ular bir-biriga o`zining 
ta`sirini o`tkazib turibdi. 
Hozirgi kunda yuqorida ko`rsatilgan Markaziy Osiyo davlatlari urtasida yagona 
iqtisodiy makon to`g`risidagi shartnoma ham o`z samarasini bera boshladi. Almati 
shahrida mazkur bitimda qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat. 
Davlatlararo ijroiya qumitasi to`zildi. Toshkentda mintaqa bank Markazi o`z ishini 
boshlab yubordi. Uch davlatning iqtisodiyotida uyrunlashtirishga qaratilgan dasturlar 
ishlab chikildi. Ayni paytda, kommunikatsiyalarni qurish bo`yicha qo`shma 
loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. O`zbekiston — Qozog`iston — Kirg`iziston 
iqtisodiy hamkorligi qo`shma loyihasi ochiq va muntazam ravishda aniq g`oyalar 
bilan to`lib bormoqda. 
1995 yilning dekabrida Jambul uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda integratsiya 
jarayonlarining borishini tartibga soladigan umumiy Markaziy Osiyo organlarini — 
jumladan, Bosh vazirlar kengashi, kabi — barpo etish to`g`risida qat`iy kelishib 
olindi. SHuningdek Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston BMTning zahira 
kuchlari sifatida umumiy tinchlikni saqlovchi batal’onni to`zish to`g`risidagi bitimga 
imzo chekdilar. Jambul uchrashuvi Markaziy Osiyodagi uch Respublikaning dav-
latlararo munosabatlari hamjihatligini yanada kuchaytirdi. 
Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, madaniy-
ma`naviy aloqalar qanchalik chuqur va tez mustaqkamlansa mazkur mamlakatlarda 
islohotlar shunchalik tez amalga oshadi, halqlarimizning farovon yashashiga keng 
imkoniyatlar ochiladi. Markaziy Osiyo Respublikalari yaxlit energetika, transport, 
irrigatsiya tarmokugari, suv va gaz ta`minoti tizimidan birgalikda foydalanish 


imkoniyatiga ega. SHuningdeq ular mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq 
xo`jaligi maxsulotini qayta ishlash sohasida mintaqaviy kooperatsiyani yo`lga 
qo`yishdan, Orol bo`yidagi ekologiya faloqati oqibatlarini bartaraf etish, Orol 
dengizini qutqarish kabi tadbirlarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatlidirlar. 
Markaziy Osiyo Respublikalari behisob tabiiy boylikka ega. Biz bu boylikni 
birgalikda o`zlashtirishimiz, iqtisodiy, ma`naviy va insoniy salohiyatlarimizni 
yanayam jipslashtirish yo`lidan borishimiz maqsadga muvofikdir. «Eng avvalo, 
iqtisodiy mustakilligimizni ta`minlaydigan sanoatning butun negizini rivojlantirish, 
boy xom-ashyo, moddiy resurslarimiz asosida tayyor maxsulot olishga qaratilgan 
yuksak texnologik loyihalarni, kishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirish — mamlakatlarimiz oldida turgan muxim vazifadir»
7

Markaziy O`rta Osiyo mustaqil davlatlarining samarali hamkorligi chegaradosh 
mamlakatlar, avvalo musulmon SHarqi mamlakatlari — Turkiya, eron, Pokiston, 
Saudiya Arabistoni va boshqalar bilan o`zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga 
qulay zamin yaratilmoqda. 
Ashgabat uchrashuvida Markaziy Osiyo Respublikalari bilan eron, Pokiston, 
Turkiya davlatlari Transosiyo temir yo`l magistralini birgalikda qurish to`g`risida 
axdlashib oldilar. Bu loyihani amalga oshirish O`zbekistonning jahon okeaniga, 
xalqaro savdo markazlariga chiqish yo`lini ochadi, tashqi iqtisodiy faoliyat 
yo`nalnshlarini tanlashda harakat erkinligini ancha oshiradi. 
O`zbekiston Mustaqil Davlatlar Xamdo`stligi doirasida Rossiya, Ukraina, 
Belarus’, Moldova va boshqa mamlakatlar bilan, jumladan Boltikbo`yi 
Respublikalari bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo iqtisodiy, fan va texnika 
sohalariga oid shartnomalar va bitimlarni imzoladi va ularni izchil ravishda bajarib 
kelmoqda. 
MDX mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning tarkibi va shakli tubdan 
o`zgarib bormoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligidagi ko`pgina mamlakatlar bilan 
savdo to`lov sohasida O`zbekiston ijobiy sal’doga egadir. 
O`zbekiston MDXdagi davlatlar, avvalo Rossiya bilan o`zaro manfaatli 
siyosatni izchil amalga oshirmoqda. O`zbekiston Respublikasi bilan Rossiya 
Federatsiyasi o`rtasida do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi shartnomaning tuzilganligi 
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda 
kudratli omil bo`lib xizmat qiladi, har ikkala mustaqil davlat xalqlarining tub 
manfaatlariga mos keladi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin