Qadriyatlar falsafasi


Jahon xo`jaligiga ko`shilishda tabiiy moddiy qadriyatlarimizning vositachilik



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Jahon xo`jaligiga ko`shilishda tabiiy moddiy qadriyatlarimizning vositachilik
roli 
Jahon hamjamiyatiga qo`shilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlrimnzni bir-
biriga yaqinlashtirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish katta o`rin tutadi. 
Prezidentimiz ta`kidlaganidek, biz turli mamlakatlar iqtisodiyotini o`ziga xos 
taraqqiyotini katta diqqat e`tibor bilan o`rganamiz, jahon amaliyoti va jahon 
taraqqiyotida to`plangan eng yaxshi tajribalarni o`zimizda qo`llanishni or bilmaymiz, 
aksincha, bunday yo`nalishni har jihatdan rag`batlantiramiz». 
SHu ma`noda, o`zimiz tanlagan yo`lning eng avvaldayoq AQSH, YAponiya, 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya kabi iqtisodiy jihtdan rivoj topgan
7
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. -Т.:Ўзбекистон,1997,33-бет



mamlakatlar tajribasiga murojaat etganmiz, boshqa davlatlar tajribasini ham 
o`zlashtirganimiz bejiz emas. 
Ayni shu mamlakatlar tajribasidan foydalanib biz davlatchiligimiz qaddini 
tiklash va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish imkonini beradigan yo`lni topdik. 
Biz bundan keyin ham xorijiy mamlakatlarda davlatchilik siyosat va iqtisodiyot 
sohalarida ro`y berayotgan yangi ijobiy o`zgarishlarni qunt bilan o`rganamiz va 
bundan o`zimizga kerakli xulosalar chiqaramiz. 
Respublikamizda yangi muassasalarni barpo etish borasida xorijiy 
sarmoyalarni jalb etish uchun zarur bo`lgan tashkilot va muassasalar tuzish bo`yicha 
bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. SHuningdek, xorijiy sarmoyalar uchun 
imtiyozli soliq joriy etilgan. 
O`zbekiston investitsiyalarni o`zaro ximoya qilish to`g`risida Germaniya, 
Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlandiya, Koreya, AQSH, 
Frantsiya bilan bitimlar imzoladi, boshqa bir qancha mamlakatlar bilan ham shunday 
bitimlar to`zishga hozirlik ko`rilmoqda. 
O`zbekiston xukumati Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Gollandiya, 
SHvetsariyaning banklari va firmalar bilan 1,5 milliard AQSH dollariga yaqin 
summada hukumatlararo 40 tadan ortiq yirik kredit bitimlari tuzildi va hozir bu 
bitimlarga amal qilinmokda. 
1994 yildan boshlab respublikaga 640 million AQSH dollari miqdorida 
investitsiya kreditlari berish to`g`risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy 
sarmoyadorlar bilan tuzilgan bitimlar amal qila boshladi, shundan salkam 300 million 
dollar aniq ob`ektlarni kreditlashga rasmiylashtirildi. CHunonchi, Toshkentda 
Xalqaro savdo ko`rgazma kompleksi, Xorazm viloyatnda shakar zavodi qurila 
boshladi. Amerikaning «N`yumont Mayning» kompaniyasi bilan birgalikda 
qurilayotgan oltin qazib oladigan qo`shma korxona inshootlari faoliyat ko`rsatmoqda. 
Xorijiy hamkorlik ishtiroki bilan Respublikamizda «O`zdeuavto» va 
«O`zdeuelektroniks» (Koreya Respublikasi), «O`zitalmotor» (Italiya), «O`zBAT» 
(Buyuk Britaniya) xissadorlik birlashmalari, Xorazm xissadorlik ishlab chiqarish 
birlashmasi (Germaniyaning «Mersedes Bens» firmasi bilan birgalikda), 
to`qimachilik korxonalari va boshqa qo`shma ishlab chiqarish inshootlarini barpo 
etishga oid loyihalar amalga oshirila boshladi. Germaniya va Koreya 
Respublikalarining firmalari ishtirokida respublikaning telefon tarmog`ini zamonaviy 
usulda yangilashga kirishildi. 
YUqorida aytilgan ishlarning hammasi mamlakatimizimizda ochiq 
iqtisodiyotni vujudga keltirib, jahon iqtisodiy hamkorligiga qo`shilishda katta 
ahamiyat kasb etishi shak-shubhasizdir. 
Biz belgilab olgan va o`tkazayotgan islohotlar yo`li etakchi xalqaro iqtisodiy 
va moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi iqtisodiy rivojlangan eng 
yirik mamlakatlar tomonidan keng qo`llab quvvatlanmoqda. Bu tanlagan yo`limiz 
to`g`riligiga bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos modelini amalga 
oshirishimizdagi muvaffaqiyatga ishonch uyg`otmoqda»
8

O`zbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning 
mustaqil sub`ekti tarzida tashqi siyosatni o`z manfaatlarini ko`zlab belgilashi, xalqaro 
tashkilotlarga, yalpi xavfsizlik tizimlariga, davlatlararo tuzilmalarga kirish huquqiga 
8
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 266-бет. 


ega ekanligi mustahkamlab quyilgan. SHunga amal qilib, hozirgi vaqtda O`zbekiston 
Respublikasi ko`p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatiga 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin