Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

 
 


Iqtisodiyot va siyosatning o`zaro aloqadorligi 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muxim xususiyati 
iqtisodiyotning mafkuradan batamom holi ravishda rivojlanishidir. «Iqtisodiyot,— 
deb yozadi I.А.Karimov, — siyosatdan ustun turmog`i, uning ichki mazmunini 
tashkil qilmog`i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari 
hozirgi siyosatimizning asosiy mazmunidir»
10

Mazkur tamoyil ikdisodiyotni tubdan isloh qilishning nazariy asosi sifatida 
bejiz e`tirof qilingani yuq. Ma`lumki, eski ma`muriy buyruqbozlik tuzumi 
xukmronlik qilib turgan vaqtlarda, KPSS mafkurasining bevosita ta`siri ostida 
jamiyatimizda «siyosat iqtisodiyotga nisbatan ustivor rol’ o`ynaydi, chunki uning 
mavjudligi, rivojlanishini istiqboli siyosiy xokimiyat tomonidan belgilanadi», degan 
soxta g`oya keng ildiz otib kelgan edi. Natijada jamiyatda vujud a kelgan barcha 
iqtisodiy muammolar, ularning katta kichikligidan qat`iy nazar, KPSS MKning 
siyosiy byurosi, s`ezd va plenumlar tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq xal 
qilinardi. Iqtisodiy taraqqiyotning ob`ektiv qonunlarini nazar pisand qilmasdan, 
faqatgina siyosiy ehtiyojlar, qiziqishlardan kelib chiqib qabul qilingan KPSS 
xukjatlariga muvofiq xalqimiz milliy daromadining salmoqli qismi chet-ellardagi 
siyosiy partiyalar, milliy harakatlar, sotsialistik mamlakatlarga baynalmilal yordam 
sifatida ajratilib berilardi. Natijada qanchadan qancha mablag`larimiz shamoldek 
ko`kka uchib ketardi. 
Ichki siyosat yuritishda ham mana shunday axvol ko`zga tashlanardi. Ishlab 
chiqarish kuchlarining joylashishi, ularning rivojlanishi, xom-ashyolar bilan 
ta`minlanishi, ishlab chiqilgan mahsulotlarni qasrda, kim va qancha iste`mol qilishi, 
ularning narx-navolari ham siyosiy ko`rsatmalar asosida qat`iy ravishda belgilab 
qo`yilardi. Xo`jalik ishlarini mana shunday usulda olib borish iqtisodiy jihatdan 
foydalimi yoki zararlimi—buning siyosat yurituvchi raxbarlar uchun ahamiyati yuq 
edi. 
Iqtisodiyot qonunlari bilan xisoblashmay yurgizilgan siyosat oqibatida ijtimoiy 
ziddiyatlarni keskinlashtirib jamiyatda iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi. 
Mana shunday axvol sobiq SSSRning barcha respublikalarida sodir 
bo`lganidek bizning jumxuriyatimizni ham chetlab o`tmadi. Jamiyatimiz iqtisodiyoti 
bir tomonlama rivojlanib, respublikamiz asosan xom-ashyo etkazib beradigan o`lkaga 
aylanib qolgani hammamizga ma`lum. eng achinarlisi shundaki, zaxmatkash 
halqimizning mehnat va ko`p mashaqqatlar bilan etishtirilgan xom-ashyolari Rossiya 
va boshqa respublikalarga arzon narx bilan olib ketilardi, u erda qayta ishlov berilib 
tayyor iste`mol mollari ishlab chiqilardi va ularning muayyan qismi qimmatbahoda 
Respublikamizga sotilardi. Bunga paxta xom-ashyosidan Rossiya, Boltiqbuyi 
Respublikalarida qayta ishlab chiqilgan kiyim-kechak paxta yog`i, shrot va boshqa 
iste`mol mollari misol bo`la oladi. 
Xuddi shuningdek, qishloq xo`jaligining boshqa mahsulotlari, jumladan, poliz 
va sabzavot, uzum, mevalar ham arzon narxda markazning ko`rsatmasi bilan Moskva, 
Sibir’ va boshqa joylarga olib ketilardi. Mahalliy aholining mazkur maxsulotlarga 
bo`lgan ehtiyojlari zsa Vengriya, Bolgariya va boshqa chet-mamlakatlardan olib 
kelingan konservalar, vino, meva hisobidan qondirilardi. 
10
Каримов И.А. Юксак малакали мутахассислар – тараққиёт омили // «Халқ сўзи», 1995, 4 октябрь. 


Respublikada chiqariladigan gaz, qimmatbaxo qazilmalar, uran rudalari ham 
Rossiyaga xom-ashyo tarzida olib ketilardi. O`z navbatida Respublikamizning 
issiqlik energiyasi, yokilg`i va boshqa narsalarga bo`lgan ehtiyojlari Sibir’ va boshqa 
joylardan qimmatbahoda keltirilgan ko`mir hisobidan ta`minlanardi. Respublikamiz 
xom-ashyosi talon-toroj qilinib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisobidan 
olingan sof daromad boshqalarning hamyoniga tushardi. 
Mazkur iste`mol mollarini respublikamizning o`zida ishlab chiqsa bo`lardi, 
bunga barcha imkoniyatlar mavjud edi. Zero, mamlakatimizimiz boy xom ashyoga 
ega, malakali va zahmatkash ishchilarimiz bor. Nega shunday qilinmadi? Gap 
shundaki, markazdagi siyosatchilarni O`zbekiston xalqining farovon yashashi 
qiziktirmas edi, ular jamiyatimiz iqtisodiyotini o`z qo`lida jilovlab, o`lkamizning 
boyligidan istagancha foydalanib, xalqimizni batamom markazga qaram qilib 
qo`yishdan manfaatdor edi. Bunga xukmron siyosiy tuzum va siyosatchilar astoydil 
xizmat qilib kelishdi. 
Istiqlol sharofati bilan bunday adolatsizlikka chek qo`yildi. Bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatimiz bundan buyon siyosat va siyosatchilarning 
ikdisodiyotga qo`pol ravishda aralashishiga yo`l qo`ymaydi. «Ichki iqtisodiy 
strategiya, - deydi I.Karimov, - har qanday siyosiy mafkura ta`siridan butunlay holi 
bulishi kerak. O`tgan yillar iqtisodiyoti o`ta siyosiylashtirib yuborilgan edi. Iqtisodiy 
maqbullikdan siyosiy kon’yunkuraviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq 
xo`jaligini parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning jiddiy 
buzilishiga, ishlab chiqarishniig texnika jihatdan qoloqligiga olib keldi. Iqtisodiyot 
faqat unga xos bo`lgan ichki qonuniyatlar asosida rivojlanmogi darkor. Bizning 
vazifamiz ularni yaxshi tushunib etishdan va o`z xalqimiz manfaatlari yo`lida 
moxirona qo`llashdan iboratdir»
11

Nafaqat siyosat, balki davlatning ham xo`jalik faoliyatiga bevosita 
aralashuvidan voz kechish — bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning 
xususiyatidir. Buni biz qancha tez anglab etsak islohotlar shuncha tez amalga oshadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot ishlarini yuritish buyruqbozlik bilan o`z xukmini 
o`tkazish, tazyiq qilish kabi usullarga tamomila ziddir. Iqtisodiyot o`z ichki 
konuniyatlariga ega, ana shu qonuniyatlarni chuqur bilib olib, o`z xatti-
harakatlarimizni shularga mos ravishda qilsakkina oldimizga qo`ygan maqsadlarga 
erishishimiz mumkin. Aks holda iqtisodiyot sohasida ijobiy o`zgarishlarning yuzaga 
kelishi amrimaholdir. 
Bozor iqtisodiyotiga xos qonuniyatlarni o`rganishda iqtisodiy o`quvni ta`sis 
etish, marketing, audit, bank moliya ishlarini yuritish muammolariga bag`ishlangan 
har xil seminarlar, simpozium, kengashlar o`tkazish muvofiqdir. Keyingi yillarda 
mana shu masalalarga Respublikamiz raxbariyati katta ahamiyat beryapti. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda mazkur yo`nalish bo`yicha turli 
xil ishlar qilinib, mulk egalarining iqtisodiy saviyalari kundan kunga ortib bormoqda. 
By esa o`z navbatida iqtisodiyo timizning yuksalishiga ijobiy hissa qo`shmoqda.
Iqtisodiyot bilan siyosatning aloqadorligi ustida gap ketganda shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, siyosat qo`pqirrali tushuncha bo`lib, u iqtisodiyot bilan bevosi 
ta va bilvosita bog`langan bo`ladi. Iqtisodiyot bilan bevosita bog`langan siyosatning 
ichki mazmuni to`la to`kis iqtisodiyot talablari, ehtiyojlari, qonuniyatlari bilan 
11
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.-Т.:ЎЗбекистон, 1993, 63-64-бетлар. 


belgilanadi. Respublikamizda shiddat bilan ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlar, ko`p 
ukladli iqtisodiyotga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib uni xaqikiy egalari 
qo`liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo`l ochib berish, kichik va 
o`rta korxonalarni rivojlantirish, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish, kichik 
texnologiyani joriy etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning sifati 
hamda raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish maksadida 
iqtisodiyotda tarkibiy strukturaviy o`zgarishlarni amalga oshirish, qishloqda tub 
isloxotlar o`tkazish, qishlok xo`jaligini taraqqiy qildirish, qishloq xo`jaligida ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, shu bilan 
bir qatorda milliy valyutani mustaqkamlash, uning joriy to`la almashadigan 
bo`lishiga erishish, bank moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, ularni jahon 
talablar darajasiga ko`tarish, to`lovlarni tartibga solish, ustuvor tarmoqlarni tezkorlik 
bilan rivojlantirish, import xajmlarini kamaytirish va eksportga mo`ljallangan ishlab 
chiqarishni rivojlantirish kabilar hozirgi kunda xukumatimiz iqtisodiy siyosatining 
asosiy yo`nalishlarini tashkil etadi. 
Bundan yaqqol ko`rinib turibdiki, iqtisodiyot siyosatning mazmunini belgilaydi 
va unga nisbatan ustuvor turadi. Mana shu ma`noda iqtisodiyot mafkuradan batamom 
holi bo`lishi kerak degan g`oyaning hozirgi kunda keng ildiz otgani bejiz emas. Lekin 
siyosat iqtisodiyot bilan chegaralanib qolmaydi, u davlat, siyosiy partiyalar, siyosiy 
tashkilotlarning ko`pqirrali faoliyatining majmui, yigindisidan iborat bo`lgan xatti-
harakatdir. SHunday ekan, siyosat iqtisodiyotga oid masalalar bilan cheklanmaydi. 
Masalan, inson huquqi va erkinliklarini ximoya qilish, jamiyatda demokratik 
jarayonlarni chuqurlashtirish, milliy va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, 
ta`lim-tarbiya masalalari, milliy merosimiz, tariximiz, urf-odat va an`analarimizni, 
ma`naviyat va xaloliylikni tiklash, o`zbek tilining davlat tili maqomini izchil va tulik 
ruyobga chiqarish, Respublika xududida yashovchi barcha xalqlarning madaniyati va 
tillarini hurmatlash, xurfikrlik vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish, 
ijtimoiy adolatni ta`minlash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, yangi demokratik 
ta`lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijodning barcha turlarini 
rivojlantirish, fuqarolar tinchligi va huquq tartibotini qaror toptirish qabilar 
davlatimizning ijtimoiy, ma`naviy soxadagi ichki siyosatini tashkil etadi. 
SHuningdek o`zining milliy davlat manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, 
xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo`l 
bilan xal etish, yadroviy qurol mintaqa bo`lib qolish, tajovuzkor harbiy bloklar va 
uyushmalarga kirmaslik inson huquqlari to`g`risidagi, birinchi bo`lib xujum qilmaslik 
xaqidagi, nizoli masalalarni xal etishda kuch ishlatishdan voz kechish to`g`risidagi 
hujjatlarni tan olish va ularga rioya qilish, Respublikaning tashqi siyosatini teng 
xuquku va fuqaro manfaatdorlik boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o`rnatish, 
xalqaro huquq me`yorlari ustuvorligini tan olish kabilar esa — O`zbekistonning 
tashqi siyosatini amalga oshirishda asosiy negiz qilib olingan. 
Demak, mafkura va uning shakli bo`lmish siyosat jamiyatning ustqurmasi 
sifatida bazis — iqtisodiyot bilan ham bevosita, ham bilvosita bog`langandir. 
Jamiyatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga tegishli muammolar siyosat bilan 
bevosita bog`liq bo`lsa, uning boshqa sohalariga (ijtimoiy, ma`naviy va xokazolar) 
oid bo`lgan siyosat iqtisodiyot bilan bilvosita bog`liqdir. 


Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak degan g`oya, iqtisodietga 
bevosita taalluqli bo`lgan siyosatgagina daxllidir. Iqtisodiyotdan boshqa sohalarga 
tegishli bo`lgan siyosat mafkuraning ifodasi sifatida nisbiy mustaqillikka ega. 
SHuning uchun ham uni bevosita iqtisodiyotga bog`lab tavsiflash noto`g`ridir. Aks 
holda iqtisodiy determenizmga, ya`ni ijtimoiy hodisalarning asosini birdan bir 
iqtisodiyot tashkil etadi, deb jamiyat taraqqiyotini bir tomonlama tushuntirishga olib 
keladigan xatolarga yo`l ochilishi hech gap emas. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin