Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

loqaydlik illatlari kishilarning g`ayratini, tashabbusini bo`g`ib kelgan salbiy odatlar 


o`tmish tuzumdan meros bo`lib o`tdi va hozir ham ayrim kishilarning faoliyatiga 
salbiy ta`sirini o`tkazib kelmoqda. 
Mustabid tuzimda munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da`vo qilgan rasmiy 
mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg`ulari va orzu-intilishlarini aks ettirmay 
qo`ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu tuzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortdi. 
Ayrimlar esa bu soxta g`oyaga ishonar edi. 
Milliy mafkuraning muhim vazifasi - kelajakka komil ishonch, erkin va
farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan
noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralablikni, ruhiy tushkunlikni 
qoralabbo`lgani kabi, milliy marosimchilikni hozirgi zamon ruhiga mos ravishda 
tahlil va tahrir qilish zarurati, milliy g`oyaga muvofiq tarzda rivojlantirish mas`uliyati 
vujudga keldi. Masalan, to`y va marakalardagi ortiqcha isrofgarchilikka, kim 
o`zarlikka chek qo`yish, bu marosimlarni ma`naviyatga xizmat qiladigan darajada 
fayzli, farovon-likni ta`minlaydigan darajada kamxarj qilib o`tkazish, uning milliy 
qadriyatlarimizga mos bo`lishi lozimligi O`zbekiston Prezidentining Farmonida 
(1998) ham alohida ta`kidlab o`tilgan edi. 
Umumbashariy qadriyatlar - mohiyat e`tibori bilan aksariyat xalqlar e`tiqod 
va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi)ga ko`ra bir yoki bir qancha 
millatlar hayotidan olingan, umume`tirof etilgan tamoyillar ekanligi, shubhasiz. 
Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy 
qadriyatlarda ma`lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun 
ustuvorligi milliy istiqlol g`oyasining umuminsoniy tamoyili deb e`tirof etilgan. 
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O`zbekiston uchun bu tamoyilni 
ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga 
ta`sirli mafkuraviy vositalar orqali singdirish hozirgi davrning eng dolzarb 
vazifalaridan biridir. 
O`zbekistonda istiqomat qilayotgan ko`p millatli xalqqa xos bo`lgan milliy 
qadriyat - bag`rikenglik, o`zaro ahillik, madaniy-ma`rifiy yaqinlik-dir. Xalqimiz 
shovinizm va agressiv millatchilikning, mutaassiblik, jaholat va aqidaparastlikning 
har qanday ko`rinishlarini qat`iyan inkor etadi, bularning taraqqiyot va barqarorlik, 
ma`naviyat va ma`rifat uchun xavfini chuqur anglaydi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin