Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

FOROBIY 
Abu Nasr Forobiy (873—950) nafaqat Markaziy Osiyo va SHarqning
balkya butun dunyoning asrlar osha e`tirof etilib, benihoya katta hurmatga sazovor 
bo’lib kelayotgan buyuk mutafakkiri, qomusiy olimi, mashhur faylasufidir. 
Hrta asr fan va madaniyatiga bebaho hissa qo’shgan, SHarq Uyg’onish 
davrining ulug’ namoyandasi xisoblangan Forobiy milodiy 873 yilda Aris 
daryosi Sirdaryoga quyiladigan joydagi Farob qishlog’ida tug’ilgan. 
U dastlabki bilimini Farobda olgan. Uning fikr doirasiga, ilm-fanga bo’lgan 
kuchli qiziqish va intilishiga o’zi tug’ilib, o’sgan yurtida olgan bilim kifoya 
qilmagan. Toshkent, Samarqand va Buxoroda, Markaziy Osnyoning boshqa 
o’lkalarida olgan tahsili uning ilm-ma`rifatga bo’lgan tashnaligini qondira 
olmagan. Ilmga katta hayotiy extiyoj sezgan Forobiy jahon ilm
markazlaridan biri — Bog’dodda qo’nim topadi. Bu erda u tinmay o’qib-
o’rganadi, arab tili va adabiyotini mukammal bilib oladi. Keyinchalik Forobiy 
SHom, Misr o’lkalariga borib mutolaa va mudarrislik qilib yirik faylasuf sifatida 
taniladi, shogirdlar orttiradi. 
Forobiy nihoyatda sermahsul olimdir. U ilmning barcha sohalarida ijod 
qildi, buyuk asarlar yozdi. XII—XIII asrlarning yirik olimi Zaxiriddin al-
Bayhaqiy fikricha, islom o’lkalari olimlari orasida unga teng keladigaya odam 
dunyoga kelgan emas. 
Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqchi, riyoziyotchigina emas, shu bilan 
birga sotsiolog, filolog, tibbiyotchi, psixolog, musiqa ilmining nazariyotchisi va 
amaliyotchisi hamdir. Forobiy «Falsafani o’rganishda nimalarni bilish kerak?», 
«Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Mantiqqa kirish», «SHe`r san`ati», 
«SHoirlarning she`r yozish san`ati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi 
to’g’risida», «Musiqa haqida so’z», «Ohanglar tasnifi haqida kitob», «Masalalar 
bulog’i», «Aql to’g’risida», «Inson a`zolari xaqida risola», «Fozil shahar 
odamlari qarashlari», «Davlat haqida» kabi 160 dan ortiq qimmatli asarlar yozdi. 
Forobiy shug’ullangan har bir soha, u yozgan har bir asar o’rta asr, yangi davr 
va hozirgi zamon olimlari tahsini va e`tiboriga sazovor bo’lgan. Forobiy yozgan 
asarlar o’rta asr ilmining qariyb barcha soxalarini qamrab olgan. 
Qadimgi yunon falsafasini, xususan Aristotel asarlarini chuqur va mukammal 
bilish, tarjima qilish, ilmiy sharhlar yozish, targ`ib-tashviqot etishda Forobiyga 
tenglashadigan va uning oldiga tushadigan donishmand bo’lgan emas. Forobiy 
qadimgi yunon mutafakkirlari va tabiatshunoslari qalamiga mansub ko’plab 
asarlarning umumiy mazmuni va yo’nalishini ilmiy tahlil qilgan. Aristotelьning 
«Metafizika», «Ritorika», «Poetika», «Kategoriyalar», «Analitika», «Etika» va 
boshqa ko’plab asarlarini tarjima qildi. 
Forobiy o’rta asr falsafasi rivojiga katta hissa qo’shdi, birinchi bo’lib o’z 
davridagi ilmlarning tasnifini berdi. Hzining ona tili — turkiydan tashqari -fors, 
yunon, arab va yana bir necha tillarni mukammal bilgan. SHarqning mashhur 
tarixchi olimi Ibn Xalliqon (1211 —1282) fikricha, til bilishda hech kim Foryubiy 
erishgan darajaga erisholmagan: u etmishdan ortiq tilni bilgan. 


Aristoteldan keyin falsafa fani olamida, xususan, SHarqda Farobiyga 
tenglasha oladigan olim maydonga chiqmadi. Forobiy o’z bilimi, ma`rifati, fikr 
doirasining kengligi, qomusiyligi, jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan bebaho 
hissasi bilan shu darajada katta shuhratga erishdiki, uni hayotiyligidayoq, 
Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir «Muallim — as-soniy» — Ikkinchi muallim», 
«SHark Aristoteli» iomlari bilan ulug’lashdi. 
Uyg’onish davrining mashhur faylasufi bo’lgan Forobiy fikricha, borliq olti 
bosqichdan iborat bo’lib, bu bosqichlar butun mavjud narsalarning asosidir. 
Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi mohiyat» deb izohlaydi. Farobiy bir
qancha bosqichlar orqali sabab oqibat munosabatlari yordamida bu birinchi 
sababni materiya bilan bog’laydi. Materiya o’z sababiga, ya`ni xudoga xos
bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir. Materiyasiz, ya`ni oqibatsiz xudo — 
sabab ham bo’lishi mumkin zmas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa-muddat 
ichida yaratilgan emas, deydi olim. Dunyo xudodan boshqa mohiyatga ega
bo’lgan bog`liq bo’lmasdan, xudoning emanatsiyasidir, deb ta`kidlaydi.
Tabiatning bu holga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o’tgan.
SHunday qilib Farobiy barcha mavjudodni, olamni, materiyani birinchi
sabab-xudodan keltirib chiqaradi. Forobiy materiya, uning abadiyligi va 
cheksizligi haqidagi falsafiy ta`limotni ishlab chiqdi. Uning ta`kidlashicha,
materiya olamdagi narsa va hodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi 
yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan ibirat bo’lib, Forobiy 
ta`limoticha, osmon jismlari ham, erdagi jismlar ham ana shu unsurlarning 
birikuvidan vujudga keladi. Forobiy hamma narsaning umumiy jinsi olamdir,
olamdan tashqari hech nima yo’qdir, deydi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin