Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Qo`shimcha adabiyotlar. 
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998. 
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston, 
1999. 
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent: 
Mehnat, 2000. 
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994. 
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000. 
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent: 
O`zbekiston, 1997. 
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999. 
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004 
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent: 
O`zbekiston, 2004. 
9-Mavzu: Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar demokratik printsiplarni joriy
qildirish asoslari.
Reja: 
1. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar tizimi.
2. Demokratiya – siyosiy qadriyatlar sifatida. O`zbekistonda demokratik 
prinsiplarni joriy qilinishi va muammolari.  
3. Huquq va erkinlik shaxs qadriyatlari sifatida.  
4. Totalitar tuzum sharoitida mahalliy aholi erkinliklari va huquqlarini poymol 
qilinishi.  
5. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik - jahon hamjamiyatiga yo`l ochuvchi 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ekanligi 
6. . «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi va uni o`rnatish masalalari. 
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o`rin 
tutadi. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat 
kasb etadi.
Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab, qadrlangan. 
Insonning erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy 


qadriyatlaridir. O`zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan do`stlik, birodarlik 
munosabatida bo`lish – bu o`zbek xalqi va milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.
Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo`lga qo`yish va fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g`oyalarni 
shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub 
o`zgarishlar qilib bo`lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, 
«Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kerak. 
Bu esa bir zumda bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan 
demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la olmaydi. Bu tayyorgarlik 
ko`rish va demokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli 
jarayondir». 
SHu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o`rganish, ijtimoiy 
hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an`analarini puxta 
o`rganish va o`zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat 
barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.
Har bir jamiyat, davlat o`zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo`lini tanlaydi. 
O`zbekiston ham o`zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. 
Bugungi kunda SHarqning ham o`ziga xos davlatchilik an`analari, boshqaruv tizimi, 
idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo`lgani, bu borada u Farbdan sira ham kam
emasligi barchaga ayon bo`lib qoldi. Xususan, SHarq demokratiyasining bir qator 
ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik 
(ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma`naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat 
shakllangan. 2) SHarq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me`yor» tushunchasi 
aslida demokratik me`yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) SHarqda 
odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, 
siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi 
SHarqda o`z xususiyatlariga ega. SHarqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.
Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha 
yo`nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:
1. SHarqona demokratiya (o`zida milliy umumbashariy, mahalliy 
xususiyatlarni birlashtirgan, o`ziga xos ko`rinish).
2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, 
siyosiy adolatsizliklarning oldini olish). 
3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayo-niga 
e`tibor) ko`rinishlari mavjud bo`lib kelgan.
Demokratiya (yunon - xalq xokimiyati) - xalq hokimiyatchiligi, siyosiy 
plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson xuquqlari singari konstitutsiyaviy 
printsiplarni e`tirof etishga asoslangandavlat tuzilishi shakli. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin