Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

IBN SINO 
Insoniyat Abu Ali ibn Sino (980—1037) ni jahon fanining ulurg` arbobi, 
uyg’onish davri madaniyatining yirik namoyandalaridan biri sifatida biladi va
e`zozlaydi. 
Buyuk alloma bor-yo’g’i ellik etti yil umr ko’rdi, bu umrdan o’n sakkiz yili 
ilm tahsiliga sarf bo’ldi. U umri davomida uch yuzdan ortiq asarlar yozdi. Uning 
yozgan asarlari ilm-fanning barcha sohalariga oiddir, Ilmning falsafa, tibbiyot, 
astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, musiqa, huquq, axloq, din, adabiyot, tarix 
singari sohalari Ibn Sino tomonidan qamrab olingan. Qomusiy olim asarlarini ilmlar 
tarmog’i bo’yicha taqsimlaganda, o’rta asrda ma`lum bo’ltan barcha fanlarni sanab 
chiqishga to’g`ri keladi. 
Ibn Sino o’z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo 
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. SHuning uchun ham uning «SHayxur 
rais» - «Olimlar olimi» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asarlari 
«Kitob ash-shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najot», «Qitob ul insof» 
(«Adolat kitobi»), «Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari kitobi»)dan iborat. 
Ibn Sino o’tmishdoshlari va zamondoshlari singari xudoni z`tirof etadi, uni 
borliqning birinchi manbai deb tushunadi. Ibn Sino aytishicha, borliq abadiydir, u 
shaklini o’zgartirishi, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi mumkin,
lekin uning o’zi, materiya yo’qolmaydi. Materiya doim vujudga kelishi
mumkin bo’lgan narsalardan oldin mavjud bo’lib, bu narsalar ularni tashkil 
etuvchi materiyaga muhtojdir, deb ko’rsatdi. 


Ibn Sino hamma narsaning mohiyatini materiya tashkil etadi, materiya turli-
tuman shakllarda namoyon bo’ladi, degan falsafiy qarashni rivojlantiradi. Jism 
shakli materiyasiz bo’lmaganidek, materiya ham shaklsiz bo’lmaydi. Demak, 
jism va uning shakli bir-biridan ajralmas bo’lganidek, materiya va shakl ham 
o’zaro aj-ralmyasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. Abu Ali ibn 
Sino aqlning har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va xaqiqatni bilish 
mumkinligiga qattiq ishongan edi. SHuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan 
do’st, inoq bo’lib yashashga chorladi. Odamlar sofdil, samimiy do’st bo’lib yashasa, 
bir yoqadan bosh chiqarishsa xar qanday mushkul oson bo’lishiga qattiq ishondi. 
Ibn Sino odamlarga qarata «Risolatut tayr» («Qush risolasi») asarida shunday 
degan edi: «Ey birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’llb, haqiqatni. 
ochinglar. Har bir kishi o’z birodari uchun ko’nglidagi samimiylikdan
(to’sqishshk) pardasini ochib tashlasin. SHunday qilinglarki, birodarlaringiz 
sizlardan (o’zi bilmagan) ba`zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa)
ba`zi narsalarni o’rganib, o’zini kamolotga etkazsin». 
Buyuk mutafakkir eslatib o’tilgan «Qush risolasi»-da, baxt o’z do’stlariig 
yoningda yashagan, sen har kuni ko’rishib turadigan, birga ishlaydigan va o’z 
vaktingni xushchaqchaq o’tkazib turadigan do’stlaring bilan birga yashaydigan 
joydadir, deb ta`kidlaydi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin