Marosimlar, urf-odat va an`analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir.
Insonning hayoti, u tug`ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar
doirasida o`tadi. Marosimchilik millatning o`ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash
va an`analarni kelajakka etkazish vositasidir.
Milliy ma`naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, tarix
sinovlariga dosh berib necha-necha avlodlardan o`tib kelayotgan ma`naviy boylik
ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar o`z-o`zidan va osonlikcha qadriyatga
aylanmaydi. Tom ma`nodagi qadriyat maqomini olish uchun
bular odamlar va
ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo`lga
solish va baholash mezoniga aylanishi kerak.
Umuman, milliy ma`naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma`naviy
borlig`imizning muhim va serqirra sohasi bo`lib, inson va jamiyat kamolotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi.
Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o`zlashtirilishi ta`lim va
tarbiyani talab qiladi.
Milliy g`oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e`tirof etilishi.
Bozor iqtisodiyoti ko`pchilik xalqlarga manzur bo`lgan va ular kelajagini
ta`minlovchi iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy
iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy
faoliyatida erkinlikka, xo`jalik yuritishda
oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir.
O`zbekistonning sobiq ma`muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan erkin, demokratik tuzumga o`tish yo`li - jahonda o`zbek modeli deb tan
olingan rivojlanish yo`lidir. Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas,
balki bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi.
Prezidentimiz
Islom Karimov 1992-1993 yillarda «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li»,
«O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`z yo`li» asarlarida demokratik
jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. O`zbekistonda
demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat qurishning keng qamrovli yo`nalishini, o`zbek
modelini asoslab va belgilab berdi. Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston ana shu
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni o`z
oldiga maqsad qilib
qo`ydi. Ana shu siyosat negizida o`zbek modeli yoki boshqacha aytganda Islom
Karimov yo`li yotibdi. O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning islohot yo`lini
tanlab olar ekan uning asosida ichki siyosat olib borishning beshta asosiy tamoyilini
ishlab chiqdi. Ular quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: