Qang' va Davan davlati haqida Xitoy manbalari



Yüklə 24,45 Kb.
səhifə2/2
tarix05.01.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#122012
1   2
Qang\' va Davan davlati haqida Xitoy manbalari

QANGʻ DAVLATI, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud
boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.
K,Shoniyozovttg fikricha, Qangʻ davlati sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.
sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim. gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Qangʻ davlatining jan. hududiga hoz. Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qangʻ davlatining jan. chegarasi oʻzgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Qangʻ davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Qangʻ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hoz. Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Qangʻ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hoz. Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Qangʻ davlatining qoʻshini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Qangʻ davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yueszi) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Qangʻ davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan
Qangʻ davlatiga koʻchib kelgan. Qangʻ davlatining koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Ular
Buyuk ipak yoʻlitgi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin
tutganlar. Qangʻ davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Qangʻ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan.
Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin