Mardlik va nomardlik haqida maqollar
Adashganni yo'lga solgan mard.
Aybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qo'rqoq ishi
Arslon bolasi arslon bo'lur,
Sichqon bolasi — sichqon.
Arslon og'zidan ov olinmas.
Do'stlik va dushmanlik haqida maqollar
Ablah do'st dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.
Ajal olib kelsa yov,
O'ldir, berma hech ayov.
Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar.
Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi,
Sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi.
|
Botirlik va qo'rqoqlik haqida maqollar
Alp — otadan, zot — onadan.
Alp — enadan, tulpor — biyadan.
Arslon bolasini tutmoq uchun
Arslon uyasiga kirmoq kerak.
Arslon izidan qaytmas,
Yigit — so'zidan.
|
Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar
Adovat emas, adolat yengar.
Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
Adolat qilichi keskir bo'lar.
Arzon bo'lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo'lsa — sotuvchidan.
|
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar
Ajalga davo yo'q,
Yomonga — balo.
Asl odam hech o'lmas.
Aslning xatosi bo'lmas,
Yomonning oshnasi bo'lmas.
Achchiqni achchiq kesar.
|
Dostları ilə paylaş: |