O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
391-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy turdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar.
3. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.