Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni to‘ldirish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə22/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Документ Microsoft Word

9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni to‘ldirish
(9-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
aqli zaif bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
(49-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun.
50. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif ko‘ruvchi yaxshi ko‘rmaydigan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqliy zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi bo‘yicha to‘ldiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (zaif ko‘ruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan) 3 nafar bola;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (ambliopiya bilan, ko‘zi g‘ilaylik, yoki nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;
(52-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan psixik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:
(52-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
kar bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
zaif eshituvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
ko‘zi ojiz bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
zaif ko‘ruvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda –kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola;
bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola;
Oldingi tahrirga qarang.
yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
(52-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
53. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin