Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə23/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Документ Microsoft Word

10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish
(10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish
(11-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi;
(56-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(56-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash muassis mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi qonunchilikda belgilangan miqdorda undiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha to‘lanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
61. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlar asosida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar ro‘yxati qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
(60 — 62-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin