Qarori maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 83,83 Kb.
səhifə26/41
tarix25.11.2023
ölçüsü83,83 Kb.
#134387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Документ Microsoft Word

13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi
NIZOM
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
2. Komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) huzurida tashkil etiladi.
Komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Komissiya quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni aniqlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik tekshiruv (keyingi o‘rinlarda tekshiruv deb ataladi) o‘tqazish va tekshiruv natijalari bo‘yicha ularga tibbiy-psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishga doir tavsiyalar tayyorlash, ularni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
avval berilgan tavsiyalarni tasdiqlash, ularga aniqlik kiritish yoki ularni o‘zgartirish.
4. Komissiya o‘z faoliyatini xolislik, shaffoflik, oshkoralik va bamaslahat ishlash tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)

Yüklə 83,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin